Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” nashri 5-oktabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

Janubiy Koreya KXDR sinovlariga javoban uchirgan raketa poligonga qaytib tushdi

Janubiy Koreya va AQSH KXDR uchirgan raketalarga javoban, qo‘shma sinovlar o‘tkazdi va “yer — yer” sinfidagi to‘rtta raketani uchirdi. Bu haqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya harbiylariga tayanib xabar berdi.

Keyinroq xabar berilishicha, Janubiy Koreya harbiylari KXDRning raketa sinovlariga javoban uchirgan Hyunmoo-2 ballistik raketasi parvozdan keyin ko‘p o‘tmay, bazaga qulagan. Hodisada hech kim jabrlanmagan. O‘sha kuniyoq AQSH va Janubiy Koreya Sariq dengizdagi orolda F-15K qiruvchi samolyoti ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Yaponiya va AQSH Shimoliy Koreyaning sinovlarini qoraladi. Vashington KXDR raketasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazishni so‘rab BMT Xavfsizlik kengashiga murojaat qilmoqchi.

KXDR tomonidan uchirilgan raketa so‘nggi ikki hafta ichidagi beshinchisi bo‘ldi. Oxirgi marta Pxenyan 1-oktabr kuni ikkita kichik masofali ballistik raketa uchirgandi. Putin Ukraina hududlarini anneksiya qilish haqidagi qonunlarni imzoladi va yangi subyektlar rahbarlarini tayinladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, bosib olingan Xerson va Zaporojye viloyatlarining “Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi to‘g‘risidagi shartnomalarni” ratifikatsiya qiluvchi federal qonunlarni imzoladi.

U, shuningdek, to‘rtta yangi subyektning “Rossiya Federatsiyasiga qabul qilinishi” to‘g‘risidagi federal konstitutsiyaviy qonunlarni imzolagan. Rossiya federatsiyasining yangi subyektlari muvaqqat rahbarlari lavozimlariga Rossiyaga qo‘shilishdan oldin mazkur hududlarni boshqargan ma’muriyat rahbarlari tayinlandi

Ayni vaziyatda Britaniya razvedkasi ma'lumotlariga ko'ra Ukraina ham shimoli-sharqiy, ham janubiy frontlardagi hujum operatsiyalarida muvaffaqiyatlarga erishishda davom etmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urushning 223-kuni yakunlariga bag‘ishlangan videomurojaatida Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Xerson viloyatida yana sakkizta aholi punktini ozod qilinganini aytib o‘tdi.

Hozirda Pentagon matbuot kotibi Lora Kuperning aytishicha, Ukraina HIMARS baravar o‘t ochuvchi reaktiv tizimlaridagi snaryadlari bilan Qrimdagi nishonlarga hujum qilishga qodir. Ushbu jarayonlarga nisbatan Eron Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagan va Rossiyaga jangovar dronlar yetkazib berayotganini rad etgan.

To‘qayev Qozog‘istonda “oligarxiya kapitalizmi” davri tugaganini e’lon qildi

Qozog‘istonda “oligarxiya kapitalizmi” davri tugab, davlatning mamlakat fuqarolari oldidagi ijtimoiy mas’uliyati davri boshlanmoqda. Bu haqda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma’lum qildi, deb yozadi Tengrinews.

“Davlat mamlakatimizda xomashyo qazib chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik kon sanoati kompaniyalari faoliyatini juda diqqat bilan kuzatmoqda. Biz kapitalning noqonuniy yo‘l bilan chetga chiqarib ketilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Ular tomonidan turli ijtimoiy dasturlar amalga oshirilishini kuzatib boramiz”, — dedi To‘qayev Qarag‘anda viloyatida xalq bilan uchrashuvda.

2022-yil boshida yuz bergan ommaviy noroziliklardan keyin To‘qayev Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevga qarindosh va yaqin bo‘lgan biznesmenlarga qarshi kurashni kuchaytirdi. Chunonchi Nazarboyevning uchta kuyovi, bir jiyani va yana boshqa qarindoshlari davlat lavozimlaridan ayrildi, siyosatchining o‘zi esa Qozog‘iston Xalq assambleyasi va Xavfsizlik kengashining umrbod raisligidan chetlatildi.

Toshkentda MCHJ rahbarlari milliardlab pullarni maqsadsiz sarflab, o‘zlashtirib yubordi

Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “S.T.”, “G.D.” va “L.T.” MCHJ rahbarlari ushbu korxonalarga ishlab chiqarish binolarini sotib olish uchun ajratilgan jami 5,5 milliard so‘m kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Dunyo
Zelenskiy idorasi Ukrainadagi urush qanday tugashini prognoz qildi