Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonda “oligarxiya kapitalizmi” davri tugab, davlatning mamlakat fuqarolari oldidagi ijtimoiy mas’uliyati davri boshlanmoqda. Bu haqda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma’lum qildi, deb yozadi Tengrinews.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev

Qosim-Jo‘mart To‘qayev
Foto: “TASS”

“Davlat mamlakatimizda xomashyo qazib chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik kon sanoati kompaniyalari faoliyatini juda diqqat bilan kuzatmoqda. Biz kapitalning noqonuniy yo‘l bilan chetga chiqarib ketilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Ular tomonidan turli ijtimoiy dasturlar amalga oshirilishini kuzatib boramiz”, — dedi To‘qayev Qarag‘andi viloyatida xalq bilan uchrashuvda.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, alohida e’tibor ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilishga, ekologiyani asrashga qaratiladi.

“Soliq to‘lovlari maxsus nazorat ostiga olinadi. Agar yirik sanoat korxonalari bu talablarga javob bermasa, biz sheriklikni to‘xtatishga majbur bo‘lamiz. Bu hech ham tahdid emas, balki butun sivilizatsiyalashgan dunyoda umumiy qabul qilingan oddiy, halol va adolatli ish qoidalaridir”, — dedi Qozog‘iston prezidenti.

“Qozog‘istonda oligarxiya kapitalizmi davri tugamoqda, mamlakat fuqarolari oldidagi ijtimoiy javobgarlik davri kelmoqda. Fuqarolarimizga mamlakat iqtisodiyotida ilg‘or pozitsiyalarni egallagan samarali va ijtimoiy mas’uliyatli biznes zarur”, — deya qo‘shib qo‘ydi Qosim-Jo‘mart To‘qayev.

2022-yil boshida yuz bergan ommaviy noroziliklardan keyin To‘qayev Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevga qarindosh va yaqin bo‘lgan biznesmenlarga qarshi kurashni kuchaytirdi. Chunonchi, Nazarboyevning uchta kuyovi, bir jiyani va yana boshqa qarindoshlari davlat lavozimlaridan ayrildi, siyosatchining o‘zi esa Qozog‘iston Xalq assambleyasi va Xavfsizlik kengashining umrbod raisligidan chetlatildi. Shuningdek, u hukmron “Nur Otan” partiyasi rahbarligidan ketdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda