4-oktabr kuni Urganch–Rim–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mahalliy vaqt bilan soat 14:40 da Urganch xalqaro aeroportidan Rimga samolyot uchdi. “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasining Airbus A320 Neo samolyoti Leonardo da Vinchi nomidagi Rim-Fiumicino xalqaro aeroportiga 116 nafar yo‘lovchini yetkazdi.
Seshanba kunlari Urganchdan Rimga muntazam reyslar amalga oshiriladi. Rimdan Toshkentga qaytish reyslari ham shu kunga rejalashtirilgan. Avgust oyida Urganch–Rim–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar ochilgan edi.
Izoh (0)