Ichki ishlar vazirligi tomonidan Toshkent shahrida bir nechta o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etgan jinoiy guruh a’zolari qidirilmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, 1991-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan A.B. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Guliston” MFYda doimiy ro‘yxatda turadi, Toshkent shahri Chilonzor-12 mavzesida vaqtincha yashab kelgan.
1982-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan A.N. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Sanchiqul QFYda doimiy ro‘yxatda turadi, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida vaqtincha yashab kelgan.
1979-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan Sh.B. Toshkent shahri Yunusobod tumani 18-dahada ro‘yxatda turib, yashab kelgan.
Ushbu shaxslar haqida biror-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, zudlik bilan 102 yoki 71-231-34-33 telefon raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Siz haqingizdagi ma’lumot sir saqlanishi kafolatlanadi, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)