Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab ob-havoni sovuq antisiklon periferiyasi belgilaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, 3-oktabr, dushanba kuni O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat markaziy va sharqiy hududlarda front kirib kelishida biroz beqarorlik kuzatiladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 24-26 darajagacha ko‘tariladi.

4-oktabrdan 7-oktabrgacha bo‘lgan keyingi kunlarda ob-havoni antisiklonning janubi-g‘arbiy periferiyasi belgilaydi.

5-oktabrda antisiklon periferiyasining kuchayishi hisobiga janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati kechalari 8-13 daraja, kunduzi 4—6-oktabrda 21-26 daraja, 7-oktabrda 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi