• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya va NATO o‘rtasida yadro urushi sodir bo‘lsa, ehtimoliy mojaro qanday tus oladi? — video

    Agar Rossiya va NATO o‘rtasida yadro urushi sodir bo‘lsa, ehtimol mojaro qanday tus oladi? Taxminlarga ko‘ra, voqealarning bunday rivojlanishi bir necha soat ichida butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning o‘limiga olib kelishi mumkin.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Ukrainadagi urush: taktik yadro quroli nima va u Rossiya tomonidan qo‘llanilishi mumkinmi?

    Vladimir Putin Rossiya hududini himoya qilish uchun yadro qurolini qo‘llashga tayyorligini ma’lum qilgan. Uning bu gapi dunyoda Rossiya prezidenti Ukrainada kichik “taktik” yadroviy portlashni amalga oshirishi mumkinligi yuzasidan yana jiddiy xavotirlar uyg‘otdi, deb yozadi BBC.

    AQSH prezidenti Jo Bayden Putinni ogohlantirdi va bu Ikkinchi jahon urushidan buyon eng jiddiy harbiy keskinlik bo‘lishi mumkinligini aytdi. Rossiya armiyasi Ukrainada taktik yadro qurolidan foydalanishi mumkinmi va bu qanday xavflarni keltirib chiqaradi?

    Taktik yadro quroli nima?

    Taktik yadro quroli (TYaQ) — jang maydonida qo‘llash yoki cheklangan yadroviy zarba berish uchun mo‘ljallangan, kichik yadro zaryadlari (uni yetkazib beruvchi vositalar bilan birga). Ular katta ko‘lamli radioaktiv ifloslanishsiz, muayyan hududdagi nishonlarni yo‘q qilish imkonini beradi.

    Eng kichik taktik yadroviy jangovar kallak quvvati trotil ekvivalentda bir kilotonnagacha teng, eng kattalarining quvvati esa 100 kilotonnagacha bo‘ladi. Strategik yadro quroli bundan ancha kuchli bo‘lib, quvvati 1000 kilotonnagacha bo‘lishi mumkin. U kattaroq — ming kilometrlik masofalarda qo‘llanadi.

    Tarixdagi eng kuchli termoyadroviy portlash — sovet ittifoqining “Sar-bomba”si quvvati 58 megatonnadan ko‘proq bo‘lgan. Xirosimaga tashlangan Amerika atom bombasi quvvati esa 15 kilotonnani tashkil etgan.

    Rossiyada qanday taktik yadro quroli bor?

    Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada taxminan ikki mingga yaqin taktik yadro zaryadlari bor.

    Taktik yadroviy jangovar zaryadlarni oddiy jangovar kallaklar uchun qo‘llaniladigan turli raketalarga, masalan, qanotli yoki tezkor-taktik raketalarga, hatto artilleriya snaryadlariga joylashtirish mumkin. Taktik yadro qurolini samolyotlar yoki kemalardan ham qo‘llash mumkin — bunday jangovar kallaklar raketalarga, torpedalarga yoki chuqurlik bombalariga o‘rnatiladi. AQSH da’vo qilishicha, Rossiya so‘nggi yillarda bunday qurollarga katta investitsiyalar kiritib, ularning masofasi va aniqlik darajasini oshirgan.

    Taktik yadro quroli qachondir qo‘llanganmi?

    Taktik yadro quroli real harbiy nizoda hech qachon qo‘llanmagan. AQSH yoki Rossiya kabi yadro davlatlari taktik maqsadlarga erishish uchun oddiy zamonaviy qurol-yarog‘ ham yetarli deb hisoblaydi. Buning ustiga, hech qaysi yadro davlati taktik yadro quroli qo‘llanganidan keyin bo‘lgan yadroviy urush yuzaga kelishi mumkinligi yuzasidan tavakkal qilishni xohlamagan.

    Shunga qaramay, Rossiya yirikroq strategik raketalardan ko‘ra, taktik yadro qurollaridan foydalanishga moyil bo‘lishi mumkin. “Ehtimol, ular bunga yadro qurolini qo‘llash chizig‘ini kesib o‘tish deb qaramaydi, — dedi Britaniyaning Chatham House xalqaro aloqalar qirollik instituti xalqaro xavfsizlik dasturi rahbari Patrisiya Lyuis. — Ular uchun bu oddiy qurol-yarog‘larning bir qismidir”.

    Putin yadro quroli qo‘llashi ehtimoli yuzasidan xavotirlanish kerakmi?

    2022-yil fevralida, Ukrainaga bostirib kirishdan sal avvalroq, Putin Rossiya strategik yadro kuchlarini “maxsus jangovar navbatchilik rejimi”ga o‘tkazib, strategik yadro kuchlari o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordi.

    Yaqindagina esa u yadro qurolini nazarda tutib: “Mamlakatimiz hududiy yaxlitligiga nisbatan xavf yuzaga kelgan taqdirda, Rossiya va xalqimiz himoyasi uchun biz, shubhasiz, qo‘l ostimizda bo‘lgan barcha vositalarni qo‘llaymiz. Bu quruq tahdid emas”, — dedi.

    Rossiya Ukraina janubi va sharqida o‘zi bosib olgan hududlarni tan olinmagan holda o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Buning uchun u yerlarda referendumlar o‘tkazildi. Amerika razvedkasi fikricha, Putin yadro urushini boshlamoqchi emas, balki tahdidlar orqali G‘arbni Ukrainaga o‘z yerlarini qaytarib olishda yordam berishni bas qilishga majburlamoqchi.

    Boshqalar esa Rossiya jang maydonida muvaffaqiyatsizliklarga uchrashda davom etaversa, “o‘yin qoidalarini o‘zgartirish”, boshi berk ko‘chadan chiqish yoki uzil-kesil mag‘lubiyatga yo‘l qo‘ymaslik uchun Ukrainada kichik quvvatli taktik qurol qo‘llash istagi paydo bo‘lishidan xavfsiramoqda.

    AQSH qanday munosabat bildirmoqda?

    AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiyani Ukrainadagi urushda yadro quroli qo‘llamaslikka chaqirdi va buning oqibatlari haqida ogohlantirdi. AQSH va NATO yadro quroli qo‘llanilishiga qanday javob ko‘rsatishini taxmin qilish qiyin. Bir tomondan, ular katta ko‘lamli yadro urushi boshlanib ketishidan xavfsirab, nizoni yanada keskinlashtirishni istamasligi mumkin. Boshqa tomondan esa, ularda bo‘layotgan hodisalarga nuqta qo‘yish xohishi ham paydo bo‘lishi mumkin.

    Rossiyani Xitoygina taktik yadro quroli qo‘llashdan tiyishi mumkin. “Rossiya Xitoyning ko‘magiga kuchli bog‘lanib qolgan”, — deb hisoblaydi London Qirollik kolleji atom energiyasi bo‘yicha eksperti Xezer Uilyams.

    “Ammo Xitoyda ‘birinchi bo‘lib qo‘llamaslik’ haqidagi yadro doktrinasi bor. Shuning uchun, agar Putin taktik yadro qurolidan foydalansa, Xitoy uni qo‘llab-quvvatlashi qiyin bo‘ladi. Agar Putin bunday qurolni qo‘llasa, katta ehtimol bilan, Xitoyni yo‘qotadi”, — dedi Uilyams.

    “Nishonni urish bo‘yicha yuqori aniqlikdagi vositalari sifat yoki son jihatidan yetarli bo‘lmagan har qanday armiya muammoni bitta kuchli zarba bilan hal qilish vasvasasiga berilishi mumkin. Masalan, o‘z kuchlarini hujumga o‘tkazish maqsadida dushman tomonidan egallangan hududni tozalash uchun.

    Taktik qurol strategik qurolga nisbatan kamroq nishonlarni yo‘q qilish bilan birga, kichik portlashdan keyingi radiatsiyaviy ifloslanish unchalik jiddiy bo‘lmaydi. Shuning uchun uni qo‘llaganlar dushman ham shu yo‘l bilan javob ko‘rsatmasligiga umid qilishi mumkin. Mana shu narsalarni anglash taktik yadro quroli qo‘llash ehtimolini pasaytiradi.

    Ammo ikkinchi tomondan, Ukrainada taktik yadro quroli qo‘llanilishi ehtimoli haqidagi taxminlar hozirdanoq jiddiy xalqaro reaksiyani keltirib chiqarmoqda.

    Yadro quroli 1945-yil 9-avgustdan buyon urushlarda qo‘llanilmagan — dunyo yadro urushidan qo‘rqishga ko‘nikkan. Taktik yadro qurolidan foydalanish keskinlikni shunchalik kuchaytirib yuborishi mumkinki, buni hamma his qiladi — yadro quroli qo‘llamaslik asosiga qurilgan strategik barqarorlik barcha mamlakatlarga taalluqlidir. Hatto kichik yadro bombasining qo‘llanilishi ham hech kimga ma’qul kelmaydi”, — dedi BBC Rus xizmati harbiy sharhlovchisi Pavel Aksenov.

    Quyidagi videoda yadroviy urushning ehtimoliy manzarasini ko‘rish mumkin.

    01.10.2022, 22:13   Izoh (0)   47156
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi

    01.10.2022, 20:50

    Qozog‘istonda advokat To‘qayevga suiqasd uyushtirganlikda ayblanib 17 yilga qamaldi

    01.10.2022, 19:54

    Ukraina Rossiya ustidan Xalqaro sudga murojaat qildi

    01.10.2022, 19:14

    Ispaniyadagi universitetda ilmiy tajriba portlash bilan yakunlandi. Oqibatda 18 kishi jarohat oldi (video)

    01.10.2022, 19:05

    Germaniya Mudofaa vazirligi: Kiyevning NATOga kirish haqidagi arizasi alyansning barcha a’zolari tomonidan muhokama qilinadi

    01.10.2022, 18:55

    Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi

    01.10.2022, 18:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.