• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tuman aholisi yiliga 65 mlrd so‘m ishlab topadi”. Malinadan daromad topayotgan vodilliklar mahallasidan reportaj

    Farg‘ona viloyatining har bir hududida tomorqachilikda o‘ziga xos maktab yaratilgan. Oltiariqliklar bodring va uzum, quvaliklar anor va gilos, uchko‘prikliklar limon, rishtonliklar ko‘katlar, O‘zbekiston tumani mirishkorlari esa qulupnay yetishtirishni hadisini olgan. Farg‘ona tumani mahallalarida shifobaxsh va mo‘may daromad manbai bo‘lgan xo‘jag‘at — malina yetishtiriladi. Vodil malinasining ta’rifi nafaqat Farg‘ona viloyatida, balki butun vodiyda mashhur.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ayni kunlarda Vodil hududidagi besh mingdan ziyod xonadonlar tomorqasida ekilgan malinalar g‘arq pishgan. Yiliga ikki marta hosil olinsa-da, uncha ko‘zga tashlanmaydigan bu shifobaxsh meva — tomorqadan topilgan xazina, undan keladigan daromad esa oilaviy tadbirkorlikning mo‘jizasidir. Mahalliy aholi tomonidan “qizil oltin” deya ta’rif berilgan malinadan yiliga o‘rtacha 65 milliard so‘m daromad olinayotgani farg‘onaliklarning mirishkorligidan dalolat.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Farg‘ona tumanining “Hosilot” mahallasida bo‘lib, malina yetishtirish ortidan mo‘may daromad topayotgan dehqonlar bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Hosilot” mahallasidagi 527 xonadonda 2 ming 900 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hokim yordamchisi Baxtiyorjon Umrjonovning aytishicha, mahallaning drayveri — malinachilik, bu yerdagi har bir xonadonda oz bo‘lsa-da, malina yetishtiriladi. Bu mahallada yetishtirilgan malina nafaqat vodiy viloyatlariga, balki O‘zbekistonning barcha tuman-shaharlariga va hatto Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Rossiyaga yetkazib beriladi. Malinaning ortidan keladigan foyda ham shunga yarasha — 10-15 sotix tomorqasi bor har bir oila yiliga 15 milliondan 150 million so‘mgacha daromad qiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Mahallamiz odamlari mehnatkash, o‘z ishining ustalari. Bekor turgan odamni uchratmaysiz. Aholining asosiy daromadi malinachilikdan. Mahallamizdagi 527 ta xonadonga qarashli 50 gektar tomorqa maydonlarida asosan malina yetishtiriladi. Har bir oila malinadan bir mavsumda kamida 10-15 million so‘m daromad oladi. Mahsulotlar mahalliy bozorlardan tashqari, qo‘shni shahar va tumanlar, Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlariga yetib boradi. O‘tgan yildan xorijga katta miqdorda malina eksport qilina boshladi. Bu oilalarga qo‘shimcha daromad, farovonlik olib kirmoqda. Shu sababdan mahallamizda o‘zgalar ko‘magiga muhtoj kambag‘al oilalar yo‘q. Doimiy ish bilan band bo‘lmagan 245 nafar fuqaroga 15 sotixdan 50 sotixgacha yer ajratib berildi. Bu yerlarga ham malina ko‘chatlari ekildi”, — deydi Baxtiyorjon Umrjonov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Rahmonali Yoqubov “Hosilot” mahallasidagi usta tomorqachilardan. Tomorqada malina yetishtirish, ko‘chat tayyorlash borasida ko‘pga ibrat bo‘lib kelmoqda. Ayni kunda 15 sotix tomorqasidagi malina ko‘chatlari qiyg‘os hosilga kirgan. Bir kilogramm malinaning ulgurji bahosi 30-35 ming so‘m ekanligini hisobga olsak, mavsum davomida olinadigan daromadning cho‘g‘ini chamalab olish qiyin emas. Mirishkor tomorqachining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, bu mavsumda malina hosilidan 50 million so‘mdan ortiq daromad olish imkoniyati bor. Bundan tashqari, tomorqada apelsin, limon, mandarin, kivi singari sitrus mevalar ham parvarishlanmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Rahmonali Yoqubovning aytishicha, vodilliklar qariyb 50-60 yildan buyon malina yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Vodildagi har bir oila tomorqadan unumli foydalanish hadisini olgan – barchaning xonadonida tokda uzum, ostida malina yetishtiriladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Farg‘ona tumani malina yetishtirishga ixtisoslashgan. Bu o‘simlik bizning iqlimga juda mos, tez rivojlanadi. Deyarli har bir xonadonda malina bor. Shundan yaxshi daromad qilamiz. Vodilda 50-60 yildan beri malina yetishtiriladi. Malina ko‘chatlari ikki-uch yilda hosilga kiradi. Yiliga ikki marta hosil olinadi. Birinchi hosil may-iyun oylarida terilsa, ikkinchi hosil avgust oyidan boshlanib, qor yoqqunicha davom etadi. Yaxshi parvarishlansa, hosildorlik shuncha ortadi. Bozorda bu mevaga talab katta. Bu yil bir kilo malina 38 ming so‘mgacha sotildi. Konserva usulida qayta ishlansa, daromad yana-da ko‘payadi. Besh sotix yerdan 25-30 million so‘m daromad olish mumkin. Tomorqamizda malinadan tashqari 20 tup apelsin bor. Bir yilda o‘rtacha bir tonna apelsin yetishtirib, 25 million so‘m daromad olamiz. Bundan tashqari, limon, mandarin, kivi, zaytun ko‘chatlari ekkanmiz. 36 yildan beri dehqonchilik bilan shug‘ullanamiz. Shunga yarasha manfaat ko‘ryapmiz. Farzandlarni kamolga yetkazish, uyli-joyli qilishda tomorqadan kelayotgan daromadning hissasi katta”, — deydi Rahmonali Yoqubov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Farg‘ona tumani hokimligi mas’ullarining qayd etishicha, Vodildagi aholi xonadonlari va fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi 500 gektardan ortiq maydonda qariyb 4 yarim ming tonna malina yetishtirilib, O‘zbekistonning barcha hududlariga yetkazib berilmoqda. Bozori xaridorgir mahsulotga nafaqat o‘zimizda, balki chet davlatlarda ham talab ortib bormoqda. O‘tgan yillarda Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlariga malina yetkazib berilgan bo‘lsa, endi uni Yevropaga eksport qilish boshlandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2021-yilda Farg‘ona viloyatidan Polsha, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlarga 1 million dollarlik malina eksport qilingan bo‘lsa, kelgusida eksport hajmini yillik 3-4 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tumanning Dilkusho mahallasi hududida 1000 ta oilaning bandligini ta’minlaydigan 300 gektarlik malina plantatsiyasi barpo etishga kirishilgan. Shu tariqa Farg‘ona tumani O‘zbekistondagi eng katta malina plantatsiyalariga ega hududga aylanmoqda. Vodilliklar esa malinachilik ortidan mo‘l hosil olib, yuqori daromadga ega bo‘lmoqda. Shu mehnat, mashaqqat tufayli ularning oilasiga, xonadoniga fayz-baraka, to‘kinlik kirmoqda.

    30.09.2022, 21:58   Izoh (0)   16144
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda IIB xodimlari fuqarolarni sport zallaridan majburan olib chiqib ketganiga munosabat bildirildi

    30.09.2022, 21:22

    Jahon banki O‘zbekiston uchun moliyaviy ko‘makni yanada kengaytiradi

    30.09.2022, 21:13

    O‘zbekistonda soliq xavfi yuqori deb baholangan soliq to‘lovchilar “Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri”ga kiritiladi

    30.09.2022, 21:10

    “Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    30.09.2022, 21:01

    O‘zbekistonda ko‘zi ojiz bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari tashkil qilinadi

    30.09.2022, 20:59

    O‘zbekistonning 4 ta viloyatida kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

    30.09.2022, 20:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” Rodriga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

    Sport | 5 avgust, 14:43

    Sevimli multfilmlarning tomoshabinlar e’tiroziga sabab bo‘lgan yangi qahramonlari

    Kino | 5 avgust, 14:30

    Germaniya mudofaani kuchaytirmoqda: armiya uchun 770 million yevrolik harbiy texnika xaridi amalga oshirildi

    Dunyo | 5 avgust, 14:20

    O‘zbekistonda aholining to‘g‘ri ovqatlanishini kompleks baholash boshlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 14:10

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektorini to‘liq bosib olishga buyruq berdi

    Dunyo | 5 avgust, 13:42

    Oyoq va qo‘llar muzlashi nimadan darak beradi? Kardiolog ogohlantiradi

    Salomatlik | 5 avgust, 13:33

    Neymar: “Tarixdagi eng yaxshi yarim himoyachi — Andres Inyesta”

    Sport | 5 avgust, 13:32

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 13:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.