Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Polsha havo hududini tartibga solish bo‘yicha NATO missiyasida qatnashayotgan Italiya Harbiy-havo kuchlari Polsha chegarasiga yaqinlashgan Rossiya samolyoti tufayli havoga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Rossiya havo kemasiga Eurofighter qiruvchi samolyoti “peshvoz chiqdi”.

Bu Polshada Italiya aviatsiyasi zudlik bilan havoga ko‘tarilishi bilan bog‘liq birinchi holat emas — 27-sentabr kuni Italiya Harbiy-havo kuchlari NATOning shimoli-sharqiy chegarasida Rossiyaning uchta samolyoti to‘xtatib qolinganini ma’lum qilgandi.

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi tufayli, NATO mamlakatlari iyun oxirida Rossiyani “NATO a’zolariga hamda Yevro-Atlantika mintaqasida tinchlik va barqarorlikka nisbatan eng jiddiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid” deb tan oldi.

Shu munosabat bilan alyans o‘zining sharqiy chegaralarida harbiy kontingentni oshirishga qaror qildi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Rossiyaga qarshi turishga 2014-yildan buyon tayyorlanib kelganini, Rossiyadagi harbiy operatsiya u uchun kutilmagan yangilik bo‘lmaganini aytdi.

Polsha o‘z navbatida NATOning Yevropa mamlakatlari ichida eng kuchli quruqlik qo‘shinlarini tuzishga qaror qildi. Varshava Janubiy Koreya va AQSH kabi mamlakatlardan texnika sotib oldi.

Avvalroq Italiya Rossiyada qolishga zarurati bo‘lmagan fuqarolariga zudlik bilan u yerni tark etishni tavsiya qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
O‘zbekistonda abort: qonuniy va xavfsiz bo‘lishiga qaramay, bu tanlov kamaymoqda
Dunyo
Serdar Berdimuhamedov barda to‘polon qilgan qarindoshini “Turkmengaz”dagi yuqori lavozimidan bo‘shatdi
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi