Britaniya Xitoy bilan munosabatlarni normallashtirmoqchi, biroq Pekin bu jarayonda asosiy rol o‘ynashi kerak, dedi Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Channel News Asia telekanaliga bergan intervyusida.
“Men, albatta, mamlakatlarning sog‘lom hamkorligini ko‘rishni xohlayman. Lekin bizda hali bunday emas, tanlov esa Xitoyda qolgan”, — dedi u.
Vazirning aniqlik kiritishicha, Xitoyning London bilan munosabatlari Pekinning Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon savdo tashkiloti tomonidan qabul qilingan global qoidalarga qanchalik rioya qilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Shuningdek, Kleverli Pekinning bir qator harakatlaridan xavotir bildirdi. Xususan, uning fikricha, Xitoy kibermakonda buzg‘unchi faoliyat bilan shug‘ullanmoqda va Gonkong xalqi oldidagi majburiyatlarini bajarmayapti.
Izoh (0)