Ijtimoiy tarmoqlarda “Zavod omborlaridan chiqayotgan zahar artezian va buloqlarimizni ifloslantirmoqda” mazmunida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda polietilen quvurlarini ta’mirlash vaqtidagi nuqsonlar sababli yuzaga kelgan. Vaziyat viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, quvurdan sizib chiqayotgan qoldiqlardan ariqlar tozalandi va uning boshqa yer maydonlariga tarqalishining oldi olindi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJga tegishli tartibda tushuntirishlar berilib, belgilangan chora-tadbirlarning muddatida bajarilishi davlat inspektorlari tomonidan qat’iy nazoratga olindi. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Izoh (0)