Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida IIB xodimlari fermerni do‘pposlagani aytilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev xabar berdi.

“Kusherbayevga murojaat” Telegram-kanalida yozilishicha, 2022-yilning 24-sentabr kuni Bo‘ston tumanidagi “Bahodir” fermer xo‘jaligi dala shiyponiga bir guruh IIB xodimlari, niqobli va qurollangan guruh bostirib kirib, fermer xo‘jaligi boshlig‘i va a’zolarini qo‘rqitib, tutqunlikda ushlab turgan.

Fermer xo‘jaligi boshlig‘i B.Arabovning qorniga musht tushirib, haqorat qilishdi. Shiypon devorini qulatishdi, o‘zlarini tanishtirishmadi. Ularga Ichki ishlar vazirligidan kelgan xodim boshchilik qildi, u ham o‘zini tanishtirmadi. Zo‘ravonlar shiyponda qancha paxta borligi, nega klasterga topshirilmayotgani, tezroq topshirishi kerakligini aytib vakolatiga kirmaydigan topshiriqlar berishdi, — deydi deputat Kusherbayevga murojaat qilgan murojaatchi.
Murojaatchilar ichki ishlar vaziridan najot kutayotganini aytgan.
Adolat bormi o‘zi? Bu bo‘yicha ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga yo‘llagan murojaatimizni e’lon qilishingizni so‘raymiz. Tezroq vazirga yetib borsa qonunbuzar, zo‘ravon xodimlariga chora ko‘rar edi, — deydi ular.
Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev ham voqeaga shaxsiy munosabatini bildirib, “Vazirimiz vaziyatni xolis baholaydilar, degan umiddamiz”, — deydi.

“Daryo” muxbiri voqea tafsilotlariga aniqlik kiritmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?