Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,23 so‘mga ko‘tarilib, 11 014,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 175,49 so‘mga oshib, 10 674,78 so‘m bo‘ldi. Rubl 3,53 so‘mga yuqorilab, 191,80 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket ikki kun pastlab, 10 999,78 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.
Izoh (0)