Braziliyaning Amazonas shtatida o‘ndan ortiq avtomobil ketayotgan ko‘prik daryoga qulab tushdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi. Yana 15 kishi bedarak yo‘qolgan. Kamida 12 ta avtomobil ko‘prik bilan birga suvga qulagan.
Ma’lumotlarga qaraganda, daryoning chuqurligi 20 metrga yetadi.
Guvohlarning aytishicha, ko‘prik qulashidan oldin unda tirbandlik yuzaga kelgan.
Hozirda ko‘prik qulagan joyda g‘avvoslar ishlamoqda.
Avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida yangi qurilgan ko‘prik ochilish marosimidagi qizil lentani kesish vaqtida, rasmiylar tomoshabinlar bilan birga qulab tushgani xabar qilingandi.
Izoh (0)