Tyumenning Roschino aeroporti safarbarlik bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilgan va jo‘natish bo‘limlari ro‘yxatida bo‘lgan erkaklar uchun xorijga parvozlarga cheklovlar joriy qildi, deb xabar berdi “RBK”.
Chegarani kesib o‘tish uchun ro‘yxatga kiritilgan fuqarolar harbiy xizmatga chaqiruvchi komissiyadan mamlakatdan chiqishga ruxsat etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etishlari kerak. Agar ushbu hujjat mavjud bo‘lmasa, yo‘lovchi reysdan qoldiriladi.
Mahalliy reyslarga esa hech qanday taqiq yo‘q.
Izoh (0)