Daryo

Armaniston chegaradagi vaziyat tufayli KXSHT mashg‘ulotlarida ishtirok etishdan bosh tortdi

Armaniston Mudofaa vazirligi KXSHTning Qozog‘istondagi mashg‘ulotlarida qatnashmasligini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish24 906 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Asbarez.com”

Yerevan 26-sentabrdan 8-oktabrgacha Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) Tezkor harakat kollektiv kuchlarining mashg‘ulotlarida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda Armaniston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Lenta.ru”.

Foto: “neweasterneurope.eu”

“Ozarbayjon tomonidan amalga oshirilgan tajovuz natijasida Armaniston—Ozarbayjon chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda, Mudofaa vazirligi Armaniston Respublikasi Qurolli kuchlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, harbiy mashg‘ulotlarda qatnashmaslikka qaror qildi, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasidagi KXSHT doirasida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga ham”, — deyiladi departament qarorida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXSHT Tezkor harakat kollektiv kuchlarining mashg‘ulotlari Qozog‘iston janubi va janubi-sharqida, Jambil va Olmaota viloyatlarida o‘tkazilishi ma’lum bo‘lgan edi. Ma’lum qilinishicha, mashg‘ulotlar davomida komendantlik xizmati, havo hujumidan mudofaa va har tomonlama ta’minlash masalalari ishlab chiqiladi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar