Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijevskdagi maktabda otishma sodir etildi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yaralanganlar bor, deb xabar beradi Baza Telegram-kanali. Ayni paytda o‘quvchilar va o‘qituvchilar evakuatsiya qilinmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yaralangan o‘quvchilar soni beshtaga yetgan.

Foto: Baza Telegram-kanali

Foto: Baza Telegram-kanali

Voqea Rossiya tarkibidagi Udmurtiya respublikasi poytaxti Ijevsk shahridagi 88-maktabda yuz bergan.

O‘qotar dastlab qo‘riqchilarga qarata o‘t ochgan, so‘ng bolalarni nishonga ola boshlagan.

Guvohlarning aytishicha, maktabda o‘q ovozlari eshitilgan, so‘ng tinchib qolgan. Maktab o‘quvchilari orasida yaralanganlar bor, ularning soni hozircha noma’lum.

Otishma oqibatida ikki nafar o‘quvchi yaralangan, qorovul halok bo‘lgan.

“112” kanali ma’lumotlariga ko‘ra, dars paytida qora kiyimdagi noma’lum erkak sinfga bostirib kirib, bolalarga qarata o‘q uza boshlagan.

Maktab direktori yaralangan o‘quvchi bilan birga kabinetga kirib, yashirinib olishga ulgurgan.

Ijevsk maktabida otishma sodir etgan o‘qotar qo‘lga olinganicha yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, maktabda hamon otishma ovozlari eshitilishda davom etmoqda.

Maktab binosi atrofiga tez yordam, politsiya va qutqaruvchilar mashinalari to‘plangan. Bolalarning bir qismi evakuatsiya qilinib bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ijevskdagi maktabga hujum qilgan shaxs o‘zini otib tashlagan.

Rossiya maktablarida otishma uyushtirilishi bilan bog‘liq voqealarning eng yiriklaridan biri 2021-yilda Qozonda yuz bergandi.

2021-yil 11-mayda 19 yoshli Ilnaz Galyaviyev o‘zi bitirib ketgan 175-maktabga qonli hujum uyushtirdi. Yigit qurol olib yurish ruxsatnomasiga ega bo‘lgan, maktab hududiga o‘q-dorilar zaxirasi bilan kirib kelgan. Otishma oqibatida to‘qqiz nafar odam halok bo‘ldi, 23 kishi jarohatlandi, yaralanganlarning aksar qismi bolalar edi. Maktabga politsiyachilar yetib kelganidan keyin Galyaviyev taslim bo‘ldi va uni hibsga olishdi. Mergan qilgan qonli jinoyati uchun qamaldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi