• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SSSRdan qochib ketgan Olimpiada chempionlari, “Litl-rok to‘qqizligi”ni himoya qilishga yuborilgan desantchilar va minglab ziyoratchi halok bo‘lgan Makkadagi tiqilinch. Kun xronologiyasida 24-sentabr

    24-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan ikki karra Olimpiada chempionlarining SSSRdan qochib ketib, Shveysariyadan siyosiy boshpana so‘rashi, 2 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan Makkadagi tiqilinch va “Litl-rok to‘qqizlik”ni himoya qilish uchun minglab askarlarning yuborilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    “Rossiya qalbimizda”: nima sababdan afsonaviy figurachilar SSSRdan qochgan edi?

    1979-yilda figurali uchish bo‘yicha Olimpiada chempioni Lyudmila Belousova va Oleg Protopopov Shveysariyadan siyosiy boshpana so‘rab, SSSRdan qochib ketgan edi. Ular vatan xoini deb e’lon qilingan, sobiq hamkasblari esa xorijda ular bilan ko‘rishishdan bosh tortgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    24-sentabr kuni Olimpiadada ketma-ket ikkita oltin medalni qo‘lga kiritgan afsonaviy sovet figurachilari Lyudmila Belousova va Oleg Protopopov Shveysariya bo‘ylab gastroldan vataniga qaytmagan. Muz ustidagi navbatdagi shoudan keyin ular kutilmaganda aeroportga emas, balki mahalliy politsiya idorasiga yo‘l olib, siyosiy boshpana uchun ariza yozgan.

    Mashhur sportchilarning iltimosi rad etilmagan va ular Grindelvald nomli kichik shaharchaga ko‘chib o‘tib, o‘sha yerda mashg‘ulotlarni boshlagan. Ammo chempionlarni o‘z yurtidan bosh olib ketishga nima majbur qilgan edi?

    Kutilmagan uchrashuv

    Oleg Leningradda katta bo‘lgan, qamalni boshidan o‘tkazgan, onasi bilan o‘lib ketishiga bir baxya qolgan va 15 yoshida musiqa maktabiga qabul qilinmaganidan keyin figurali uchish bilan shug‘ullanishga jiddiy kirishgan (bu juda kech yosh hisoblanadi). Bundan tashqari, armiyaga chaqirilib qolgani bois sportni yig‘ishtirishga to‘g‘ri kelgan — Protopopov flotga jo‘natilgan, u yerda yigit imkon bor vaqtda konkida mashq qilgan.

    Belousova — ulyanovsklik taksichining qizi — u ham ancha kech, 16 yoshida “Muzdagi bahor” filmidan ilhomlanib figurali uchishga kelgan. Shunday qilib ular turli yo‘llar bilan sportda karyera qilishni boshlagan. U vaqtlarda juftlik bilan uchish endi boshlangani bois, SSSR chempionatida Protopopov boshqa sherigi — Margarita Bogoyavlenskaya bilan ishtirok etgan.

    Bu vaqtda Belousova Moskvada Kirill Gulyavev bilan mashqlarga qatnab yurgan. Belousova / Gulyayev dueti hech qanday muhim muvaffaqiyatga erishmagan.

    1954-yilning kuzida Lyudmilaning hayotida tub o‘zgarish sodir bo‘ladi. Dzerjinskiy nomidagi bog‘da yosh figurachilarga instruktor lavozimida ishlagan qiz murabbiylar yig‘ilishiga jo‘natilgan. Protopopov ham kutilmaganda Moskvaga “murabbiylar seminariga” yo‘l olgan.

    Lyudmila va Oleg seminarda yig‘ilganlar uchun muhokama qilingan elementlarda juft bo‘lib muzda ijor etishga majbur bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay taqdir ularni katokda birlashtirgan. “Qandaydir figurachilar guruhi mashg‘ulotga kelmagan va bo‘sh joy paydo bo‘lgan. Shunda bizni muzda uchishga taklif qilishdi”, — deya eslaydi sportchilar.

    Foto: “RIA Novosti”

    Katok shu qadar kichkina bo‘lganida (9x9 metr) yakkalik chiqishlarida ular tasodifan to‘qnashib ketib, bir-birini turib qoladi va inersiya sabab o‘zlarining birgalikdagi birinchi aylanishini amalga oshiradi. Shundan keyin ular “qaldirg‘och” mashqini sinxron bajarib ko‘radi va tomoshabinlar orasida bo‘lgan Irina Goloshapova ismli figurachining otasi juftlikdan qanchadan beri birga uchishlarini so‘raydi. Figurachilarning o‘zlari ham uzoq yillardan beri birga muz uchgandek nimanidir his qilishgan edi.

    Dastlabki muvaffaqiyatsizliklar va juft bo‘lib uchishdagi inqilob

    Birgalikda ish boshlagan duetning murabbiylar borasida omadi chopmagan. Sportchilar “hech narsaga erisha olmaysanlar” degan birinchi murabbiyining hatto ismini aytishini ham istamagan. 1958-yilda juftlik hech bir murabbiy bilan ishlamaslikka qaror qilgan va mustaqil chiqishlarini boshlagan.

    Murabbiysiz o‘tgan dastlabki yillar og‘ir kelgan. Sportchilar 1958-yili Parijda o‘tkazilgan jahon chempionatida 13-o‘rinni egallagan va Lyudmila yiqilib tushgan. 1959-yilgi Yevropa chempionati ham qoniqarsiz yakunlangan: duet 12 o‘rin ichida yettinchi bo‘lgan.

    Shunga qaramay, 1959-yilgi Yevropa chempionatidan keyin ular e’tiborga tushgan va o‘sishni boshlagan. SSSR birinchiligida juftlikni qarsaklar ostida kuzatishgan — Belousova va Protopopov dasturni yaxshi yakunlab, kumush medalni qo‘lga kiritgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Shundan boshlab Belousova va Protopopov atletizm va muzdagi nozik elementlarni o‘zida birlashtirgan uslublarini yaratishni boshlagan. Bir necha yil ichida sportchilar kerakli tajribani to‘plab, birgalikdagi jismoniy tayyorgarligini yaxshilagan.

    Figurachilar to‘rt karra jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan, shuningdek, 1964 va 1968-yilgi Olimpiada o‘yinlarida g‘alaba qozongan. Ammo oradan olti yil o‘tgach, juftlik pastga keta boshlagan, SSSR figurali uchish rahbariyati ularni sovuqqonlarcha ro‘yxatlardan chiqarishni boshlagan.

    Belousova va Protopopov, albatta, buni yoshlari bilan bog‘lagan (yigit — 37, qiz — 34 yoshda edi), biroq ular Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishlariga umid qilgan. Ammo rahbariyatning boshqa rejalari bor edi.

    “Birinchilik Rodninan / Ulanov juftligiga, ikkinchi o‘rin esa Smirnova / Suraykin juftligi qo‘lga kiritdi. Biz uchinchilikka umid qilardik. Ammo bizni o‘ylashmadi ham: bronza Germaniya jamoasiga va’da qilingandi, nemislar esa SSSR pozitsiyasi kuchsiz bo‘lgan yakkalik baxslarida Sergey Chetveruxinni qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lgan. Alida oddiy ko‘ringani bilan, bizni sotishga edi”, — deydi Protopopov.

    SSSRdan qochish

    Davlatga bo‘lgan xafagarchilik to‘planib borgan. Ikki karra Olimpiada chempionlari ichki musobaqalarda hakamlar o‘zlarining ballarini qasddan pasaytirmoqda deb hisoblagan. Shunday qilib 1970-yilgi SSSR chempionatida juftlik 4-o‘rinni egallagan va terma jamoada kiritilmagan. O‘shanda ularga qo‘yilgan bahoga tomoshabinlar ham norozilik bildirgan.

    1972-yilda Belousova va Protopopov SSSR birinchiligida oxirgi marotaba ishtirok etgan va professional sportdan ketib, Leningraddagi muz ustida baletda chiqishlarini boshlagan. Ular tez-tez xorijga gastrolga borib turar va o‘sha vaqtlar uchun aql bovar qilmas gonorarlarni olardi. Biroq pullarning katta qismini “Goskonsert”ga berish lozim edi. Masalan, Nyu-Yorkdagi chiqishlari uchun figurachilarga 10 ming dollar to‘lashgan, ular esa 9947 dollarni davlatga topshirgan.

    Qaysidir onda duet o‘z mehnatlari qadrlanadigan biror davlatga qochish fikriga kelgan. 1979-yilning 24-sentabrida Shveysariyada yakunlangan gastroldan keyin juftlik siyosiy boshpana so‘ragan. Ularning yonida kostyumlar uchun tikuv mashinasi, kerakli kitoblar va mashg‘ulotlari tasvirlangan videoplyonka bor edi.

    Bu voqeadan keyin Belousova va Protopopov vatan xoini deb e’lon qilingan. Ular Rossiyaga oradan 24 yil o‘tgach 2003-yildagina kelgan. 2017-yilda Belousova saratondan vafot etgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Minglab insonlar qurbon bo‘lgan Makkadagi tiqilinch

    2015-yilning 24-sentabr kuni Makka yaqinidagi Mino vodiysida ziyoratchilarning to‘planib qolishi oqibatida yuzaga kelgan tiqilinch tufayli 2121 kishiga halok bo‘lgan. Shu kuni Mino vodiysida joylashgan Jamarot — Shaytonga tosh otadigan joyga olib boruvchi va undan qaytiladigan yo‘lda, hojilarning tirbandligi natijasida odamlar bir birlarini bexos siqib tashash holati vujudga keladi.

    Foto: EPA

    Saudiya Arabistonida o‘zbekistonlik hojilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruh bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa yuz bergan paytda o‘zbekistonlik hojilar Muzdalifa vodiysidan Minoga qaytayotgan bo‘lgan. O‘zbekistonlik hojilar hech qanday talafot ko‘rmagan.

    Tiqilinch mahalliy vaqt bilan soat 09:00 da, ikkita katta ziyoratchilar oqimi ikki ko‘chaning qo‘shilishi natijada paydo bo‘lgan kichik maydonda to‘planishi natijasida yuzaga kelgan. Ko‘chalardan chiqayotgan ziyoratchilar halokatli chorrahada siqib qolganlarni bosib o‘tgan, odamlar yiqilib, bo‘g‘ilishdan hushlarini yo‘qotgan va oyoq ostida qolgan.

    “Bu juda dahshatli holat edi, oyoq ostida insonlar jasadlari yotardi, orqadan itarganlar ularning ustiga yiqilar, vahima boshlangandi”, — deydi Minodagi voqeaga guvohlardan biri.

    Foto: EPA

    Saudiya Arabistondagi tiqilinch podshohlik hukumati tomonidan o‘rnatilgan tosh otish marosimini o‘tkazishning smenali jadvaliga rioya etilmagani natijasida yuzaga kelgan. Avvaliga fojia guvohlarining o‘zlari ushbu versiyani ilgari surgan, keyinroq rasmiylar ham shuni tasdiqlagan.

    Saudiya hukumati barcha ziyoratchilarga o‘z guruhi bilan ibodatlarni navbati bilan amalga oshirishi uchun jadvallarni tarqatgan. “Fojia afrikalik ziyoratchilar jadvalga rioya qilmagani va minglab musulmonlar to‘planib, o‘zlari uchun belgilanmagan vaqtda marosimga kelgani oqibatida sodir bo‘ldi”, — deydi yana bir guvoh.

    Podshohlik hukumatining bayonotiga ko‘ra, fojia oqibatida 30 dan ortiq davlatning fuqarolari halok bo‘lgan. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi 769 kishi halok bo‘lgandi, 934 kishi jarohatlanganini aytgan. Boshqa hisob-kitoblarga ko‘ra, 1633 kishi halok bo‘lgan. Eron davlat axborot agentligi eronlik 130 nafar ziyoratchi o‘lganini ma’lum qilgan. O‘sha kungi voqeada eng ko‘p Nigeriya, Chad va Senegaldan kelgan ziyoratchilar halok bo‘lgan. halok bo‘lganlar orasida Pokiston parlamentining sobiq a’zosi Asad Murtoza G‘iloniy ham bo‘lgan. 1000 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan.

    Foto: EPA

    Saudiya Arabistoni 2015-yilning 26-sentabridan boshlab halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qilmagan. 19-oktabr kuni Associated Press agentligi o‘z hisob-kitoblariga tayanib, fojiada kamida 2110 kishi halok bo‘lganini bildirgan.

    “Litl-Rok to‘qqizligi”: qanday qilib o‘quvchilar irqchilikka qarshi kurashgan edi?

    1957-yili Arkanzas shtatida to‘qqiz nafar qora tanli o‘smir ilk bor oq tanlilar o‘qiydigan maktabga qabul qilingan va buning ortidan ko‘plab norozilik namoyishlari hamda qurolli to‘qnashuvlar yuzaga kelgan edi. 1868-yilda AQSH Konstitutsiyasiga 14-o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, unga muvofiq AQSHda tug‘ilgan har qanday insonga mamlakat fuqaroligi beriladi va u barcha qatori qonun oldida barobar. Shunga qaramay, qora tanli xalq kamsitib kelingan.

     

    1957-yili Litl-Rok shahrida to‘qqiz nafar qora tanli o‘smir Amerika ta’lim muassasalarida desegragatsiya rejasiga ko‘ra, oq tanlilar o‘qiydigan maktabga qabul qilingan.

    1957-yili Litl-Rok shahrida to‘qqiz nafar qora tanli o‘smir Amerika ta’lim muassasalarida desegragatsiya rejasiga ko‘ra, oq tanlilar o‘qiydigan maktabga qabul qilingan.
    Foto: Getty Images

     

    Darsning birinchi kunida shtat gubernatori Orval Fobus qora tanlilarni maktabga kiritmaslik uchun Milliy gvardiya askarlarini yuborgan. Mazkur holat noroziliklarni keltirib chiqarib, oqibatda o‘smirlarni “Litl-Rok to‘qqizligi” deb atay boshlashgan.

    Darsning birinchi kunida shtat gubernatori Orval Fobus qora tanlilarni maktabga kiritmaslik uchun Milliy gvardiya askarlarini yuborgan. Mazkur holat noroziliklarni keltirib chiqarib, oqibatda o‘smirlarni “Litl-Rok to‘qqizligi” deb atay boshlashgan.
    Foto: AP Photo

     

    Bu vaqtga kelib AQShning ko‘plab shtatlarida segregatsiya taqiqlangan. Shunga qaramay, alohida shtatlarda ushbu qadamlar qattiq qarshilikka uchragan. Oliy sudning desegregatsiya bo‘yicha qaroridan uch yil o‘tib, u Arkanzar markazi Litl-Rokda amalga kiritilishi kerak edi.

    Bu vaqtga kelib AQShning ko‘plab shtatlarida segregatsiya taqiqlangan. Shunga qaramay, alohida shtatlarda ushbu qadamlar qattiq qarshilikka uchragan. Oliy sudning desegregatsiya bo‘yicha qaroridan uch yil o‘tib, u Arkanzar markazi Litl-Rokda amalga kiritilishi kerak edi.
    Foto: Getty Images

     

    O‘quvchilar 19 kun davomida maktabga kira olmasdan, uylarida qolishga majbur bo‘lgan

    O‘quvchilar 19 kun davomida maktabga kira olmasdan, uylarida qolishga majbur bo‘lgan
    Foto: Getty Images

     

    AQSH prezidenti Dauyt Eyzenxauer shtatning Milliy gvardiya askarlarini federal bo‘ysunuvga o‘tkazib, Litl-Rokka bolalarni himoya qilish uchun havo-desant diviziyasini yuborgan.

    AQSH prezidenti Dauyt Eyzenxauer shtatning Milliy gvardiya askarlarini federal bo‘ysunuvga o‘tkazib, Litl-Rokka bolalarni himoya qilish uchun havo-desant diviziyasini yuborgan.
    Foto: Getty Images

    1957-yilning 24-sentabr kuni shaharga Kentukki shtati Fort-Kempbella shahridagi 101-havo-desant diviziyasining 1,2 ming askari joylashtirilgan va ular maktabgacha bo‘lgan yo‘l hamda koridorlarni himoyalagan.

    1957-yilning 24-sentabr kuni shaharga Kentukki shtati Fort-Kempbella shahridagi 101-havo-desant diviziyasining 1,2 ming askari joylashtirilgan va ular maktabgacha bo‘lgan yo‘l hamda koridorlarni himoyalagan.
    Foto: Getty Images

     

     

    Oxir-oqibat o‘smirlar baribir maktabga kirgan, biroq sinfdoshlari tomonidan kamsitilgan. Shunga qaramay, “to‘qqizlik” o‘qishni davom ettirishga qaror qilgan

    Oxir-oqibat o‘smirlar baribir maktabga kirgan, biroq sinfdoshlari tomonidan kamsitilgan. Shunga qaramay, “to‘qqizlik” o‘qishni davom ettirishga qaror qilgan
    Foto: Getty Images

     

    Litl-Rok Markaziy maktabi yaqinida o‘smir qora tanli o‘quvchi ko‘rinishidagi tulumni kaltaklamoqda. 1957-yilning oktabrida 75 nafarga yaqin o‘quvchi qora tanlilar bilan birga o‘qishga qarshi norozilik namoyishiga chiqqan.

    Litl-Rok Markaziy maktabi yaqinida o‘smir qora tanli o‘quvchi ko‘rinishidagi tulumni kaltaklamoqda. 1957-yilning oktabrida 75 nafarga yaqin o‘quvchi qora tanlilar bilan birga o‘qishga qarshi norozilik namoyishiga chiqqan.
    Foto: AP Photo

     

    Natijada shahardagi barcha maktablar o‘quv yili davomida deyarli yopilgan, 3,6 ming o‘smir uzoq vaqt ta’lim ololmagan. Bu esa jamiyatda yanada katta bo‘linishni hosil qilgan

    Natijada shahardagi barcha maktablar o‘quv yili davomida deyarli yopilgan, 3,6 ming o‘smir uzoq vaqt ta’lim ololmagan. Bu esa jamiyatda yanada katta bo‘linishni hosil qilgan
    Foto: Getty Images

     

    To‘qqiz nafar o‘smir 1958-yilning avgustida Oq uyga ekskursiyaga taklif etilgan

    To‘qqiz nafar o‘smir 1958-yilning avgustida Oq uyga ekskursiyaga taklif etilgan
    Foto: Getty Images

     

    1957-yilgi voqealarning barcha ishtirokchilari oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, aksariyati jamoat tashkilotlari va pedagogika sohasida karyera qilgan. 1999-yilda AQSH prezidenti Bill Klinton ularni AQSHning oliy fuqarolik mukofoti — Kongress oldin medali bilan taqdirlagan.

    1957-yilgi voqealarning barcha ishtirokchilari oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, aksariyati jamoat tashkilotlari va pedagogika sohasida karyera qilgan. 1999-yilda AQSH prezidenti Bill Klinton ularni AQSHning oliy fuqarolik mukofoti — Kongress oldin medali bilan taqdirlagan.
    Foto: Getty Images

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Unashtirilgan qizining singlisiga uylangan Lev Tolstoy, yadroviy qurolni taqiqlashni talab qilib Oq uy qarshisida ochlik e’lon qilgan olim va Finlyandiyadagi kollejda ommaviy qotillik. Kun xronologiyasida 23-sentabr

    24.09.2022, 09:30   Izoh (0)   62625
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy bosib olingan hududlar aholisini Rossiya safarbarligidan qochishga va Ukraina tomoniga o‘tishga chaqirdi

    24.09.2022, 09:16

    Turkiya BMT Xavfsizlik kengashida veto huquqini bekor qilishga chaqirdi

    24.09.2022, 00:26

    Polsha, Irlandiya va Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiyaga qarshi Yevropa sanksiyalarini kengaytirishni taklif qilmoqda

    23.09.2022, 23:56

    NATO “soxta” referendumlarga javoban Ukrainaga bo‘lgan yordamni kuchaytirishga va’da berdi

    23.09.2022, 23:36

    Germaniya Ukrainaga qo‘shimcha ravishda oltita Gepard zenit qurollarini yubordi

    23.09.2022, 23:22

    Zelenskiy Isroilning Ukrainaga nisbatan siyosatidan hayratda qolganini bildirdi

    23.09.2022, 23:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.