Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Daryo” nashri 22-sentabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

“Rossiya o‘z yo‘lini tanladi, ortga qaytish yo‘q” — Medvedev

Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya o‘z yo‘lini tanlaganini va “orqaga qaytish yo‘q” ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada e’lon qilingan qisman safarbarlik Ukrainada referendumlar bo‘lib o‘tishini, DXR, LXR va “boshqa hududlar” Rossiya tarkibiga kirishini bildiradi.

“Rossiya nafaqat safarbarlik imkoniyatlari, balki Rossiyaning har qanday qurollari, jumladan, strategik yadroviy qurollar va yangi tamoyillarga asoslangan qurollardan ham bunday himoya uchun foydalanish mumkinligini e’lon qildi”, — deb yozdi Medvedev.

Meduza nashrining xabar berishicha, Vladimir Putinning safarbarlik to‘g‘risidagi farmoni yettinchi bandida bir milliongacha odam armiyaga chaqirilishi mumkinligi aytilgan.

“Raqam bir necha marta tuzatilgan va oxir-oqibat millionga yetgan”, — deyiladi xabarda. Hozirgacha Rossiyada harbiy safarbarlikka qarshi bo‘lib o‘tgan namoyishlarda 1400 dan ortiq odam hibsga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva va Peterburgdan amalga oshirilayotgan son-sanoqsiz parvozlar harakati videosi tarqaldi.

Rossiyaning Qozog‘iston va Gruziya bilan chegaralarida ham bir necha kilometrlik navbatlar yuzaga keldi.

“Rossiya BMT nizomining asosiy tamoyillarini uyalmasdan buzdi” — Jo Bayden

BMT Bosh assambleyasida “Rossiya BMT nizomining asosiy tamoyillarini uyalmasdan buzdi”, — deya ta’kidlagan Jo Bayden Putinning yadro quroli borasidagi tahdidlariga to‘xtaldi. “Rossiyadan tashqari hech kim mojaroga intilmayapti”, — deydi AQSH prezidenti.

AQSH prezidenti Jo Bayden BMT Bosh assambleyasida Rossiya masalasiga to‘xtaldi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Zelenskiy BMTdagi chiqishida Ukraina uchun 5 bandli “tinchlik formulasi”ni taqdim qildi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasidagi videonutqi chog‘ida Ukraina tomonidan ishlab chiqilgan besh bandli “tinchlik formulasi”ning tarkibiy qismlarini sanab o‘tdi.

U dastlabki to‘rtta bandni Rossiyani sanksiyalar, izolyatsiya va maxsus tribunal orqali jazolash, Kiyevga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatish orqali ukrainaliklarning hayotini himoya qilish, mamlakat hududiy yaxlitligini tiklash hamda xavfsizlik kafolatlariga rioya qilish deb atadi.

“Beshinchi band — dunyoning Ukraina atrofida birlashishdagi jasorati”, — deb ta’kidladi Zelenskiy.Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan tinchlik kelishuvlari bo‘yicha Ukraina tomonidan taklif etilmagan har qanday variant rad etilishini aytdi.

Ayni paytda Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi tez orada yangi sanksiyalar joriy etishi ma’lum qilindi. Putin safarbarlik e’lon qilganidan keyin Xitoy Rossiya va Ukrainani o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

Turkiya esa Ukraina hududlarida Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini qoraladi.

Ayni vaziyatda Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari ham o‘z fuqarolariga Ukrainada jang qilishni taqiqladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Xersonning ozod qilingan qismidan ilk kadrlar. Rossiya chegaralaridagi tirbandliklar. Urushning 217-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat