Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-sentabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilganidan keyin, mamlakatning 38 ta shahrida norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda huquqni himoya qilish bo‘yicha “OVD-Info” loyihasi xabar berdi. Aksiyalarda 1400 dan ortiq kishi qo‘lga olindi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Bir qator hududlarda ruxsat berilmagan aksiyalarni o‘tkazishga urinishlar yuz berdi, ular juda kam sonli ishtirokchilarni to‘pladi. Ularning barchasining oldi olindi, qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslar qo‘lga olinib, javobgarlikka tortilish uchun politsiya hududiy bo‘linmalariga olib ketildi”, — deb ma’lum qilgan Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili.

21-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi. “Vatanimiz, yaxlitligimizni himoya qilish uchun qisman safarbarlikni qo‘llab-quvvatlash zarur, deb hisoblayman”, — dedi Rossiya rahbari.

Safarbarlik tadbirlari 21-sentabr kuni boshlanadi. Putin hududlar rahbarlariga “harbiy komissarliklar ishi uchun zarur barcha yordamni ko‘rsatishni” buyurdi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, qisman safarbarlik chog‘ida 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya safarbarlik resursining taxminan 1 foizini tashkil qiladi.

Shundan keyin Rossiyada safarbarlik e’lon qilinishiga qarshi “Change.org” saytiga joylangan petitsiyani o‘n minglab odam imzoladi.

Shu kuni Moskva prokuraturasi ruxsat berilmagan mitinglarni tashkillashtirganlik va ularda ishtirok etganlik, shuningdek, bunday tadbirlar haqida ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangani haqida ogohlantirish e’lon qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi