• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BMTning nufuzi o‘lgan — Politico nashri tashkilotning inqirozi sabablarini tahlil qildi

    Kecha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 77-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Shu munosabat bilan dunyoning mashhur siyosiy nashrlaridan biri Politico Birlashgan Millatlar Tashkilotining nufuzi tushib borayotgani haqida maqola e’lon qildi.

    “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi hozirda Nyu-Yorkdagi ikki haftalik ezgulik festivalining qiziqarli bo‘lmagan qismiga aylangan.

    Agar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasiga kelgan har bir kishi haqiqatan ham o‘zlari qiziqtirgan narsalar haqida qayg‘ursa, hozir dunyo yaxshiroq bo‘lmasmidi?

    Qashshoqlikni kamaytirish va sog‘liqni saqlash natijalarini yaxshilashda o‘nlab yillar davomida erishilgan yutuqlardan so‘ng, oxirgi yillarda dunyo hukumatlar tomonidan kelishilgan BMTning 17 Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasidagi sa’y-harakatlarda ancha orqada qola boshladi.

    Ayrim masalalar, jumladan, gender masalalari bo‘yicha dunyo orqaga ketmoqda deb aytish mumkin.

    Xo‘sh, bu hafta Nyu-Yorkda 150 ta davlat va hukumat rahbarlari yig‘ilishidan nima maqsad bor? Va bir qator sammitlar — Klinton ma’muriyati a’zolaridan tortib texnologiya faollari va Yevropa qirollik a’zolarini chaqirish - biror narsani o‘zgartira oladimi?

    Sentabr oyining ikkinchi yarmida Nyu-York shahri global muammolar bilan shug‘ullanuvchilarni o‘ziga jalb etadigan ikki haftalik festivalga mezbonlik qiladi.

    Bu yerdagi mashhurlar ichki partiyaviy siyosiy chegaralarni kesib o‘tmasdan, yumshoq pozitsiyani egallashlari mumkin. Koreyalik megayulduzlar BTS’dan tortib, Mett Deymon va Goldi Houn kabi amerikalik aktyorlargacha BMTni o‘z ayblovlari uchun platforma sifatida ishlatadi.

    "Bir paytlar milliy yetakchilar uchun global sahnada nutq so‘zlash yoki AQSH prezidentini yo‘lakda suhbatga tortish imkonini bergan tadbir endilikda Davos forumiga o‘xshab qoldi.

    BMTga kirish bir kishi uchun Jahon iqtisodiy forumi kabi 50 000 dollarga tushmaydi va Nyu-Yorkdagi shopping diktatorlarning xotinlari uchun yaxshiroqdir.

    JIFning asosiy bosqichiga o'xshab, BMTning rasmiy rahbarlarining nutqlari dasturi ko‘pincha ko‘rgazmaga aylanadi.

    “Bu yilgi chiqishlar 30 soatlik videoqo‘ng‘iroqqa aylangan 2020-yilgi to‘liq masofaviy BMT forumidek yomon bo‘lmasa kerak, lekin baribir umuman foydasiz bo‘ladi”, — deydi BMT taraqqiyoti jarayoni bo‘yicha ekspert, Xalqaro inqiroz guruhining BMTdagi vakolatxonasi rahbari Richard Govan.

    Qisman bu liderlar bir-birlarining nutqlarini tinglamasliklari va ular mahalliy auditoriyaga o‘zlarining fikrlarini bildirishlari bilan bog'liq. “AQSH prezidenti ketgandan so‘ng boshqa prezidentlar va bosh vazirlar ikki erkak va itning diplomatik ekvivalenti bilan gaplashishadi”, — dedi Govan.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan sog‘liqni saqlash va ijtimoiy kampaniyalarga boshqa nodavlat tashkilotlarga qaraganda ko‘proq mablag‘ sarflaydigan Geyts jamg‘armasi bosh direktori Mark Suzman bu hafta Manxettenga kelayotganlarning barchasi uchun “uyg‘otish qo‘ng‘irog‘i”ni chaldi.

    “Boy davlatlar yuz o‘girishmoqda. E’tibor unchalik ko‘p emas”, — deb, asosiy global kapital dasturlari bo'yicha taraqqiyot yo‘qligidan nolidi Suzman. “Biz ko‘zlagan maqsadimizdan ancha ortda qolmoqdamiz”

    Juda katta va muvaffaqiyatsiz

    Ushbu haftalikdagi ko‘plab ishtirokchilar BMT dunyoni ishga qaytarish uchun asos topganligiga shubha qilishmoqda.

    “BMT safsatabozlikka aylandi”, — dedi Xalqaro qutqaruv qo'mitasi prezidenti va bosh direktori Devid Miliband. — “Xalqlarga bog‘liq bo‘lgan qonuniylik va mas‘uliyatni e‘tibordan chetda qoldirmaylik. Agar ko‘p tarmoqli tizim ishlamasa, uning salbiy oqibatlari har jabhada bilinadi”, — dedi u.

    Kanadaning BMTdagi sobiq elchisi Luiza Bleys BMTning potensiali kamayayotgani haqidagi fikrlarga qo‘shiladi.

    “Fuqarolik jamiyatiga kata ahamiyat berish juda muhim”, — dedi u. — Lekin “iloji boricha ko‘proq maqsadlarni” buni ichiga tiqishtirish asosiy g‘oyaddan chetga chiqishni anglatadi”.

    Bleysning so‘zlariga ko‘ra, BMT ko‘plab tashkilotlar, hatto yirik hukumatlar uchun ham boshqarib bo‘lmaydigan holatga kelmoqda.

    Rokfeller jamg‘armasining innovatsiyalar bo‘yicha katta vitse-prezidenti Ziyo Xonning aytishicha, BMT huquqiy muammolarga e’tibor qaratadi, biroq BMT ichidagilar ham, tashqi faollar ham ko‘pincha o‘zlarining kuchli tomonlarini birlashtira olmaydilar. “Innovatsiya qila oladigan tadbirkorlar va kengayishi mumkin bo‘lgan institutlar o‘rtasida uzilish bor”, — dedi u.

    “Ko‘pgina ijtimoiy tadbirkorlar miqyosga kirishda qiynalmoqda. Ular jasoratli va shijoatga to‘la, lekin bu Bruklinda hipster pishloq do‘konini tashkil qilish orqali odamlarning pishloq iste’mol qilishini ko‘paytirishga urinishga o‘xshaydi. Siz undan ko‘ra yirik oziq-ovqat tarmoqlariga borishni ma’qul ko‘rishingiz aniq, — dedi Xon.

    Yirik biznes ham o‘z ishini bajarishga kirishmoqda. Ilgari asosan donor sifatida ko‘rilgan korporatsiyalar (UNICEF har yili xususiy manbalar hisobidan 2 milliard dollarga yaqin mablag‘ to‘playdi) BMTning yirik tadbirlarida g‘oyalar manbai va hamkor bo‘lish uchun o‘z rolini kengaytirdi.

    Microsoft noyabr oyida Sharm ash-Shayxda (Misr) o‘tkazilishi rejalashtirilgan iqlim sammitining “strategik bosh homiysi” hisoblanadi. Shuningdek, kompaniya sentabr oyi o‘rtalarida BMTning yangi ofisini ochdi, bu BMTning ko‘plab elchixonalaridan, jumladan, Manxetten markazidagi BMT shtab-kvartirasiga qaragan osmono‘par binoning 34-qavatidagi ofisidan kattaroq.

    Microsoft rahbarlarining ta’kidlashicha, ularning asosiy e’tibori kompaniya dasturiy ta‘minot va boshqa raqamli bozorlar uchun qilgan global muammolarni hal qilish uchun keng ko‘lamli o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida yig‘ilgan kuchlardan foydalanishga qaratilgan.

    “Kecha bu yerda Bosh assambleya prezidenti bizni kelgusi yilgi BMT sammitiga olib borish rejalarini bayon qildi. Ma’lumotlar va barqaror rivojlanishning ahamiyati haqida gapirishdan oldin kechqurun Bosh kotib o‘rinbosari bilan suhbatlashdik. Bu joy ochiq bo‘lgan dastlabki uch kun ichida biz juda muhim suhbatlar o‘tkazayotgandek bo‘lamiz”, — dedi Microsoft kompaniyasining BMT va xalqaro tashkilotlar ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti Kris Sharrok.

    “Ulkan Petri idishi”

    BMT Bosh assambleyasi atrofidagi qo‘shimcha festival o‘z muvaffaqiyatining qurboni bo‘ldi.

    “Barchamiz bu mutlaq shou ekanligini bilamiz”, — dedi global xayriya tashkilotining rahbarlaridan biri, ular ommaviy axborot vositalari bilan gaplashish huquqiga ega bo‘lmagani uchun anonim qolishni so‘ragancha. “Ammo bu ham shunday o‘sishda davom etmoqda: biz tartibsiz shoudan qochish uchun ko‘plab ishlarni erta bajarishga harakat qilamiz, lekin barchasi muddatni uzaytirish bilan tugaydi”, dedi u.

    “Bu ulkan petri idishi bo'lib, u yerda hamma to‘qnashadi, lekin aslida nimadir qilish uchun BMT shovqini so‘nganidan keyingi reja va muddat kerak”, — dedi Xon.

    “Haqiqatan ham qiyin global muammolar ko‘lamini hisobga olsak, bir hafta ichida yechimlarni yetkazib bera olaman deb o‘ylash to‘g‘ri emas”, — deydi Xonning so‘zlariga qo‘shilgan Sharrok.

    Agar ishtirokchilarni jonlantiradigan bitta tushuncha bor bo‘lsa, u ham bo‘lsa hamkorlikdir: “Odamlar BMTda aqlli ko‘rinishni xohlashadi. Men har doim “Bizga ko‘proq hamkorlik kerak” va “bo‘linishlarning oldini olishimiz lozim” degan va’zlarni eshitaman”,— dedi Xon.

    “Yaxshiroq hamkorlik iqlim o‘zgarishini cheklashda yoki pandemiyaga adolatli javob berishda avtomatik ravishda ko‘proq muvaffaqiyatga erishishni anglatmaydi, lekin bunday  mentalitet odamlarga biror narsa qilish uchun vaqt, e‘tibor va resurslarni qaratishga olib keladi”, — dedi u.

    21.09.2022, 16:57   Izoh (0)   15244
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shols Germaniyaga BMT Xavfsizlik kengashidan joy berilishini so‘radi

    21.09.2022, 16:54

    “Besh million odam mamlakat bo‘ylab uyoqdan bu yoqqa qochadi” — Navalniy safarbarlik haqida fikr bildirdi

    21.09.2022, 16:46

    Olimlar Yer yuzida nechta chumoli borligini hisoblab chiqdi

    21.09.2022, 16:00

    Rossiyada safarbarlikka qarshi petitsiyani o‘n minglab odamlar imzoladi

    21.09.2022, 15:27

    Xarkovda qoldirib ketilgan rus texnikalari, minalangan turar joylar. Urushning 209-kunidan fotoreportaj

    21.09.2022, 14:50

    Alisher Usmonovning Germaniyadagi uylari tintuv qilinmoqda

    21.09.2022, 14:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 17:25

    “Manchester Siti” ikkita futbolchi uchun salkam 185 mln yevro sarflashga tayyor

    Sport | 18 may, 16:56

    Rianna uch yil deganda yangi qo‘shiq chiqardi

    Layfstayl | 18 may, 16:56

    G’azoda HAMAS rahbarining jasadi topildi — OAV

    Dunyo | 18 may, 16:26

    Makiyajni yanada chiroyli va uzoq turishiga yordam beradigan 10 ta go‘zallik sirlari

    Layfstayl | 18 may, 15:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.