Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 19—23-sentabrga ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dushanba kuni va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha barqaror harorat fonida quruq va biroz iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda harorat asosan kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 29-34 daraja atrofida bo‘ladi. Bu sentabr oyining ushbu kunlari uchun o‘rtacha ko‘p yillik harorat qiymatlaridan biroz yuqoridir.
Faqat respublikaning tog‘li hududlarida 21-sentabr, chorshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)