Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida qizning suratlarini tarqatib, sharmanda qilgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi fuqaro N.M. ariza bilan murojaat qilib, arizasida noma’lum shaxs Telegram orqali qizi R.J.ning shaxsiy boshqalarga ko‘rsata olmaydigan videotasvirlari va suratlarini tarqatib, sharmanda qilayotganini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida video va fotosuratlarni tarqatayotgan shaxs Qarshi shahrida yashovchi, R.S. (1998-yilda tug‘ilgan) ekanligi aniqlangan.
R.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli foydalanuvchilar, ijtimoiy tarmoq va messenjerlar orqali begona shaxslar bilan muloqot o‘rnatganda o‘zingizni shaxsiy fotosurat va videolaringizni imkon qadar bermasliklaringizni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)