• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” gelogiya-qidiruv, burg‘ilash ishlari va qazib chiqarilishi holatini o‘rganish maqsadida Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi

    “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida uglevodorod zaxiralarini oshirish, uglevodorodlar qazib chiqarish geologo-texnik tadbirlar doirasida quduqlarini burg‘ilash, kapital ta’mirlash va texnologik obyektlarni ishga tushirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, ularning samaradorligi hamda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

    2022-yilda boshqarmada qariyb 4,6 mlrd.kub metr tabiiy gaz va 150,0 ming tonna suyuq uglevorodlar qazib olish rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun, boshqarmada 2022-yil davomida tabiiy gaz qazib chiqarish reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan jami 133 ta geologo-texnik tadbirlar amalga oshiriladi, bunda 6 ta yangi gaz quduqlari burg‘ilashdan ishga tushiriladi, 121 ta mavjud gaz quduqlarida kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari olib boriladi hamda 6 ta texnologik obyektlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

    Dastlab, Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh”, Uchqir konidagi quduqlarda olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari faolityati bilan tanishdi. Ushbu konda, 30-40 yillar avval ishlatilgan quduqlarda chuqur tahlillar olib borish natijasida qayta tiklash orqali sanoat miqyosida gaz oqimi olinib, quduqni o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda.

    “Kulbeshkak” konida amalga oshirilayotgan burg‘ilash ishlari hamda tabiiy gaz qazib olish ishlari bilan tanishildi, shu bilan birga ishchi-xodimlarni yashash sharoiti, ishlash sharoiti hamda oziq ovqat yetkazib berish masalalari bilan joyida o‘rganildi. Ushbu xodimlar uchun yanada sharoitlarni yaxshilash yuzasidan korxona rahbariyatiga topshiriqlar berib o‘tildi.

    “Doyaxotin” guruhi konlarida tabiiy gaz qazib olishni oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan “Doyaxotin” konidan Gazli gazni qayta ishlash zavodigacha diam.1020 mm uzunligi 43 km gaz quvurini qurilish ishlari bilan ham tanishildi. Bugungi kunda gaz quvurida to‘liq montaj ishlari yakunlangan, sinov ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, sharli kranlar va “zadvijka”larni yetkazib kelish va yakuniy montaj qilish ishlari olib borilmoqda.

    Boshqaruv raisi tomonidan ushbu gaz quvurini qisqa muddatlarda ishga tushirish bo‘yicha rais o‘rinbosarlariga, departament va boshqarma boshliqlariga ko‘rsatmalar berildi. Pudratchi tashkilot tomonidan zarur quvur armaturalarini yetkazib berishni tezlashtirish va montaj ishlarini yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, departament xodimlaridan tashkil topgan guruhlar tuzib, har bir kon va quduqlar kesimida optimal rejimlarni tanlash ishlarini olib borish bo‘yicha ham topshiriqlar berib o‘tdi.

    Geologo-texnik tadbirlar doirasida konlarda quduqlarni burg‘ilash va kapital ta’mirlash ishlari bilan tanishish maqsadida, “Doyaxotin”, “Kulbeshkak”, “Uchqir” va “Hojiqazg‘on” konlarida bo‘lib, burg‘ilash va mukammal ta’mirlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishildi.

    Kuz-qish mavsumida ham uglevodorodlar qazib chiqarishni barqarorligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ya’ni quduqlar uchun burg‘ilash dastgohlarini qo‘shimcha jalb qilish bilan burg‘ilash ishlarini jadallashtirish, quduqlarni kapital ta’mirlash ishlariga boshqa hududlardan ta’mirlash uskunalarini mobilizatsiya qilish orqali ularning sonini ko‘paytirish orqali geologo-texnik tadbirlarni amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha tegishli departament boshliqlari va boshqarma rahbariyatiga vazifalar belgilab berildi.

    Boshqarma obyektlari, gaz quvurlari va zavod hududini qo‘riqlash bilan talon-tarojlikning oldini olish hamda jamoat tartibini saqlashda yaqindan ko‘maklashayotgan Milliy gvardiya quriqlash boshqarmasi xodimlari bilan ham uchrashib, ularning amalga oshirayotgan ishlarida muvaffaqiyatlar tilab minnatdorchilik bildirildi.

    Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Gazli boshqarmasiga tashrif davomida Gazli gazni qayta ishlash zavodida ham bo‘ldi. Gazli gazni qayta ishlash zavodida 2022-yilda qariyb 4,5 mlrd kub.m tabiiy gaz oltingugurt birikmalaridan tozalanib, “O‘ztransgaz” AJ magistral gaz quvurlariga yetkazb beradi. 2022-yilda zavodda 60,0 ming tn suyultirilgan gaz ishlab chiqarish va aholi, kommunal soha istemolchililari uchun yetkazib berish rejalashtirilgan.

    Qurilmalarning ish holati va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash qurilmalari, Gazdan propan-butan ajratib olish qurilmasi ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

    Ushbu qurilmalarda gazni qayta ishlash texnologik jarayonlarini optimallashtirish, suyuq uglevorodlar, suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish va gaz sifatini yanada yaxshilash yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

    Qurilmalarda olib borilayotgan ishlarni o‘rganish davomida tegishli departamentlar, boshqarma va zavod rahbarlariga suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni yanada oshirish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, bu borada boshlangan ishlarni jadallashtirish topshiriqlari berildi.

    Suyultirilgan gaz saqlash stansiyasida bo‘lib, bu yerda suyultirilgan gazni yuklash jarayonlari ko‘zdan kechirildi va aholi ehtiyojlari uchun yuklanayotgan suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yuklab berishni ta’minlash uchun tegishli departament boshliqlari va boshqarma rahbariyatiga yuklash jarayonlarini alohida nazoratga olish topshirig‘i berildi.

    Shundan so‘ng, rais o‘rinbosarlari, departament boshliqlari, boshqarma rahbariyati va mutaxassislari ishtirokida o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar, 2022-yilning o‘tgan 8 oy davrida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, boshqarmada belgilangan reja ko‘rsatkichlarning bajarilishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

    Yig‘ilishda Gazli boshqarmasida konlar kesimida gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, yilning o‘tgan davrida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlarining tushib ketishi tanqid qilindi. Har bir kon boshlig‘ining uglevodorodlar qazib chiqarish bo‘yicha reja ko‘rsatkichlarining bajarishi bo‘yicha hisobotlari birma-bir eshitildi.

    Qazib chiqarishni ko‘paytirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan geologo-texnik chora-tadbirlarni jadallashtirish, mavjud siquv kompressor stansiyalari avariyali to‘xtalishlarni bartaraf etish bilan stansiyalarning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

    “Uchqir” konida likvidatsiya fondidagi yana qo‘shimcha quduqlarda kapital ta’mirlash ishlarini olib borish bilan ishlatish fondiga qaytarish orqali konning 16-gorizont qatlamidan tabiiy gaz qazib olishni ta’minlash bo‘yicha “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ rahbariyatiga alohida topshiriq berildi.

    Texnologiya yo‘nalishida, “Tayloq” konining 1-, 2-gaz yig‘uv joylaridan “Qumli” gazni dastlabki tayyorlash qurilmasiga bo‘lgan gaz quvurlarining quvvatini oshirish bilan gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish maqsadida jami 12 km uzunlikdagi qo‘shimcha quvurlarni qurish ishlarini jadallashtirish masalasi ham muhokama qilinib mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

    Yig‘ilish davomida eng ustivor vazifa qilib, izlov qidiruv yo‘nalishida ishlarni tashkil etish, Davlat geologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish, Gazli regionida mahsulot bazasini yaratish, kelgusida istiqbolli konlar ochish yuzasidan ishlarni tashkil etish masalasida qattiq topshiriqlar berib o‘tildi.

    Gazli regionidagi konlar va maydonlarning qӯshimcha imkoniyatlarini ӯrganish bo‘yicha olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlari, jumladan 3D seysmik ishlarni jadallashtirish, bu orqali “Uchqir”, “Garbi”, “Tayloq” va “Parsanko‘l” konlarining yangi istiqbollarini aniqlash, 2 ta yangi maydonlarda izlov-qidiruv yo‘nalishida burg‘ilash ishlarini olib borish va 3 ta quduqlarni burg‘ilash bilan tugatish rejalari muhokama qilindi.

    “Andakli”, “Chetqum” va “Sho‘rqala” kabi bir qator istiqbolli maydonlarda burg‘ilash ishlarini jadallashtirish orqali uglevodorodlar zaxiralarini o‘stirishni ta’minlash bo‘yicha tegishli boshqarma va departament boshliqlariga vazifalar berildi.

    2022-yil 9 oylik va yil yakuni bilan belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini ta’minlash bilan gaz qazib chiqarishni oshirish, Gazli zavodida suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni oshirish shuningdek gaz sifat ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash yuzasidan amalga oshirishilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlarni jadallashtirish va tezkor ishga tushirish bo‘yicha boshqarma rahbariyati va departament boshliqlariga tegishli topshiriqlar berildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    17.09.2022, 10:30   Izoh (0)   12060
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasporti olib qo‘yilib, majburan ishlatilgani aniqlandi

    16.09.2022, 22:36

    O‘zbekistonda fuqarolardan uy-joy solig‘ini uch karra undirish to‘xtatiladi

    16.09.2022, 22:18

    O‘zbekistonda kimlarga imtiyozli transport kartasi beriladi? — ro‘yxat

    16.09.2022, 22:01

    “Daryo” kundaligida 16-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    16.09.2022, 21:05

    Andijonda xorij brendlaridan foydalanib, ryukzak ishlab chiqargan tadbirkorga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

    16.09.2022, 20:54

    O‘zbekiston Hindiston bilan yaqin yillarda o‘zaro savdoni 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi

    16.09.2022, 20:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 14:28

    “Bu ishlar ‘kampaniyabozlik’ bo‘lmasligi zarur” — prezident yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yo‘lga qo‘yish haqida

    O‘zbekiston | 30 iyun, 14:22

    O‘zbekistonda sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlangani e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 14:16

    Afg‘oniston terma jamoasi Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

    Sport | 30 iyun, 13:59

    O‘zbekiston yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 13:51

    Koreyada issiqda sovituvchi, sovuqda esa isituvchi “aqlli” derazalar yaratildi

    Layfstayl | 30 iyun, 13:50

    Livandagi qishloqda xo‘roz boqish taqiqlandi

    Dunyo | 30 iyun, 13:31

    “Prezident Sadir Japarov uch kundan buyon samolyotda uxlamoqda” — Qamchibek Tashiyev

    Qirg‘iziston | 30 iyun, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.