Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida rus tilida darslar o‘tiladigan sinflarda o‘zbek tilida saboq berilayotgani haqida tarqaldi. Shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, vaziyat yuzasidan ishchi guruhi o‘rganish olib borgan. Unga ko‘ra, mazkur ta’lim muassasasida tasviriy san’at fanidan 4 soat, informatika fanidan 21 soat rus tilida dars o‘tiladigan sinflarda vakant soatlari mavjudligi aniqlangan.

Natijada maktab ma’muriyati o‘quvchilarning dars soatlarini qoldirmaslik uchun vakant soatlarga to‘liq rus tilida so‘zlasha olmaydigan o‘qituvchilarni jalb etishga majbur bo‘lgan. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida maktab ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga xat bilan murojaat qilingan. Tez orada mazkur muammoni ijobiy hal qilish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni paytda 142-maktabda jami 53 ta sinf mavjud bo‘lib, shulardan 37 tasida rus, 16 tasida o‘zbek tilida ta’lim yo‘lga qo‘yilgan. Yangi o‘quv yili oldidan 17 nafar yosh o‘qituvchi ishga qabul qilingan. Jami o‘qituvchilar soni 75 nafarni tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi