Navoiy viloyati Zarafshon shahrida ishga kiritishni va’da qilgan fuqarolarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Zarafshon shahrida istiqomat qilayotgan A.D. tanishi O.G. bilan til biriktirib, A.S. va uning o‘g‘lini shahardagi kon boshqarmaga ishga kiritishini aytgan. Ular evaziga oldindan talab qilingan 800 dollarni shahardagi kafelardan birida olayotgan paytda jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan A.D. va O.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli bandlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)