Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya ikki kunlik amaliy safar bilan Tojikistonning So‘g‘d viloyatida bo‘lib qaytdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, safar davomida Xo‘jand shahrida Farg‘ona madaniyat kunlari o‘tkazilgan.
Shuningdek, Quvasoy shahrining “Sementchi” jamoasi va Tojikiston oliy ligasi peshqadamlaridan “Xo‘jand” futbol klubi o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.
Xo‘jand markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etgan Xayrullo Bozorov va So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda maydon markazida to‘pni o‘yinga kiritib, uchrashuvni boshlab bergan.
Tomoshabinlar bilan to‘la o‘yingohda 60 daqiqa davom etgan uchrashuv 1:1 hisobida do‘stona durang bilan yakunlangan.
Izoh (0)