Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni kunlarda “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Bravo” jamoasining konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. O‘n bir kun davom etadigan dasturda negadir Shahlo Zoirova ko‘rinish bermadi. U Instagram tarmog‘idagi akkauntidagi “Shahlo bravo” nikini ham o‘zgartirdi. Sinchkov muxlislarning fikricha, u biror marta jamoadoshlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tabriklagani ham yo‘q. Demak, bundan taxmin qilish mumkinki, uning jamoadoshlari bilan munosabati unchalik yaxshi emas. Masalaga oydinlik kiritshi maqsadida “Daryo” muxbiri  “Bravo” jamoasi badiiy rahbari Umid Umarov bilan bog‘landi.

Foto: Instagram / @shaxlozoirova_official

Foto: Instagram / @shaxlozoirova_official

— Shahloning to‘y xizmatlari ko‘p. Hozircha shu. U bilan ziddiyatga borganimiz yo‘q, bilganimiz turmush o‘rtog‘i ko‘proq oilaga vaqt ajratishini so‘rabdi. Shu bois, bu yilgi konsertda ishtirok etolmaydi, — deydi Umid Umarov.

Bundan avval guruh tarkibiga aktrisa Nargiza Salmonova rasman qabul qilinganini ma’lum qilingandi. Yangi dasturda Durdona Qurbonova ham ishtirok etyapti. U ham guruhga rasman qabul qilindimi?

— Buni vaqt ko‘rsatadi. Hali aniq to‘xtamga kelganimiz yo‘q. Durdona Qurbonovaning jamoada qolish qolmasligi esa hali noma’lum. Yana Shahlo bilan ishlash ehtimolimiz ham bor, — deya qo‘shimcha qildi Umid Umarov.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)