• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    AQSHdagi 11-sentabr voqealariga 21 yil to‘ldi: Mudhish teraktda omon qolgan o‘zbek samolyoti — 101-reys kapitani Zarif Saidazimov bilan suhbat (video)

    O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi arafasida Akrom Shonazarov rejissorligida suratga olingan “101-reys” filmi tomoshabinlarga taqdim etildi. Film real voqealarga asoslangan va uning bosh qahramoni — kapitan Zarif Saidumarov zamondoshimiz hisoblanadi.

    Kinematografiya agentligi va “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan badiiy film real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil 11-sentabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan, bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi. Bu parvoz tajribali uchuvchi Zarif Saidazimovning oxirgi, yakunlovchi parvozi bo‘ladi. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova o‘sha kuni samolyot bortida bo‘lgan 193 nafar yo‘lovchining hayotini saqlab qolish uchun bor imkoniyatini ishga solgan O‘zbekiston Qahramoni Zarif Saidazimov bilan suhbatlashdi.

    — Rejissor Akrom Shonazarov faoliyatingiz haqida film suratga olishni taklif etganida bunga nechog‘lik ishongandingiz?

    Foto: “Daryo” / Ma'murjon Obrahmatov

    Foto: “Daryo” / Ma'murjon Obrahmatov

    — 2017-yili “Mehr ko‘zda” ko‘rsatuvida 101-reysdagi bort kuzatuvchilari va yo‘lovchilari haqida ajoyib ko‘rsatuv tayyorlangandi. Mana shu ko‘rsatuvdan keyin rejissor Akrom Shonazarov film yaratish taklifi bilan keldi. U rahbariyatdan shunday topshiriq olganini aytganida, qarshi bo‘lmadim. Faqatgina “Film orqali bir uchuvchining qahramonligini emas, o‘zbek uchuvchilarining faoliyatini ko‘rsata bilish kerak”, dedim. Chunki mening o‘rnimda boshqa uchuvchi bo‘lganida ham, shu ishni qilgan bo‘lardi. Odamlar uchuvchilarning faoliyati faqat ko‘kda parvoz qilish va xorij davlatlarini ko‘rishdan iborat emasligini bilsin, deb o‘zim ham film yaratilishiga astoydil bel bog‘ladim. Ssenariy yaratish uchun uzoq vaqt ketdi. U paytda parvozda bo‘lganim uchun rejissor bo‘sh kunimni topib, suhbatimda bo‘lardi. Film pandemiya va texnik muammolar sabab 4-5 yil deganda katta ekranga chiqdi. Rejissor “101-reys” filmini yaratishda ko‘plab qiyinchiliklarga uchradi. Chunki film voqealari asosan samolyot bortida bo‘lib o‘tadi. Ijodiy guruh samolyotning hech bo‘lmaganda yarim kun aeroportda turishini kutishardi. Ammo Toshkentga kelgan samolyot 1-1,5 soatdan keyin boshqa reysga uchib ketadi. Shu bois ba’zan suratga olish ishlari yarim tunda boshlanishiga ham to‘g‘ri keldi.

    — Uchuvchilar faoliyatini ijro etgan aktyorlardan qanchalik ko‘nglingiz to‘ldi? Hoshim Arslonov ijrosida o‘zingizni ko‘roldingizmi?

    Foto: Kinematografiya agentligi axborot xizmati

    Foto: Kinematografiya agentligi axborot xizmati

    — Ular filmda suratga tushishdan avval uch oy o‘quv mashg‘ulot markazimizda tahsil olishdi. Bort kuzatuvchisi bo‘lgan aktrisalar ham kasb sirlari bilan yaqindan tanishishdi. Rahmatli Hoshim Arslonov esa trenajyorda mashg‘ulot o‘tib, uchuvchilarning ingliz tilidagi terminlarini yod oldi.Filmning 70 foizi real voqealarga asoslangan. Hoshim Arslonovning ijrosidan ko‘nglim to‘ldi. Hatto u insonga “Ancha narsalarni o‘rgandingiz, endi bemalol uchuvchi bo‘lsangiz bo‘ladi”, deb kulgandim.

    — Faoliyatingiz davomida 101-reys bilan bog‘liq vaziyatga o‘xshash holatlarga uchraganmisiz? Yoki bu birinchi va so‘nggisi bo‘ldimi?

    Foto: “Daryo” / Ma'murjon Obrahmatov

    Foto: “Daryo” / Ma'murjon Obrahmatov

    — Kutilmagan vaziyatlar hamisha bo‘ladi. Bundan hech bir uchuvchi holi bo‘lmaydi. Qirq to‘rt yillik faoliyatimda ko‘pgina kutilmagan vaziyatlarga uchraganman. Dvigatelga qush kirib ketishi, yo‘lovchining tobi qochib qolishi kabi vaziyatlarda o‘zimni qo‘lga olib harakatlanganman. 11-sentabr bilan bog‘liq holatlar har doim ham bo‘lavermaydi. Bu voqea butun dunyoni larzaga keltirgan. O‘sha kuni osmonda 700 dan ortiq samolyot harakatlanayotgan bo‘lgan. Uchuvchilar orasida vahimaga tushib qolganlari ham bor. Bunday vaziyatlarda uchuvchi sovuqqon bo‘lishi, ortiqcha vahimaga berilmasligi kerak. Chunki undagi his atrofdagilar hayajonini ikki barobar oshiradi. Haqiqatan ham AQSHdagi teraktdan so‘ng birorta samolyotni mamlakat hududiga kiritmaslik bo‘yicha topshiriq berilgan. Ammo birorta yo‘lovchi tashuvchi samolyot urib tushirilmagan.

    — Uchuvchilik kasbini tanlashingizga nima sabab bo‘lgan?

    — Oilamda aviatsiya sohasida faoliyat yuritadigan insonlar bo‘lmagan. Bolaligimda kosmosga birinchi sputnik va raketalar uchirilgani haqidagi xabarlarni eshitardim. Keyin 60-yillarda ko‘p samolyotlar Toshkent osmonidan parvoz qilardi. Maktabda o‘qib yurgan paytimda samolyotlarga qarab, uchuvchi bo‘laman, deb orzu qilardim. Ammo shunchaki maqsad bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Inson shunga yarasha harakat qilishi kerak.

    — Uchuvchi bo‘lish uchun nimalarga alohida e’tibor berish kerak?

    — Sport bilan muntazam shug‘ullanish kerak. Chunki salomatligi joyida deb bilgan inson ham parvoz vaqtida yuqori bosim va nurlanish ta’sirida o‘zini yomon his qilishi mumkin. Sport deganda, albatta, kurash yoki boksni nazarda tutayotganim yo‘q. Uchuvchilarga asosan gimnastika bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. Qirq to‘rt yillik faoliyatim davomida biror marta kasallik sabab ishdan ozod etilmaganman. Hamma parvozlarim ko‘ngildagidek, yengil o‘tgan.Yo‘lovchi tashish samolyotlarini boshqarish uchuvchidan katta tajriba va malakani talab etadi. Shu bois tajribani oshirish uchun avval qishloq xo‘jalik mahsulotlarini samolyotda tashish, undan keyin  “Tu 134”, “Tu 154” airbus kabi samolyotlarda parvoz qilganman. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, yangi chet el samolyotlarini olishni boshladi. Birinchilardan bo‘lib Berlinga borib malaka oshirgach, Airbus A 310 samolyotini boshqarishni o‘rgandim. Boeing samolyotlari xarid qilinganda esa Amerikaga borib, malaka oshirdik.

    Foto: “Daryo” / Ma'murjon Obrahmatov

    Foto: “Daryo” / Ma'murjon Obrahmatov

    — Uchuvchi nafaqat samolyotni boshqarish, balki xorijiy tillarni bilish va diplomatik munosabatlarni o‘rnata olish mahoratiga ham ega bo‘lishi kerak, deyishadi. Bu gaplar nechog‘lik rost?

    — AQSHdagi 11-sentabr voqealaridan so‘ng u yerda O‘zbekiston havo yo‘llarining birorta vakili bo‘lmagan. Shu bois barcha vazifalar menga yuklatilgan. 180 nafar yo‘lovchining fe’l-atvori turlicha, ularga yaxshi gapirib vaziyatni barqaror ushlab turish oson kechmagan. “Men shu yerda qolishim kerak, ishim zarur”, degan insonlarni ham vaziyatni tushuntirib, 180 nafar yo‘lovchi bilan qayta uchib ketishga ko‘ndirolganmiz.O‘zbekiston qonunlariga muvofiq samolyot belgilanmagan yerda qo‘nsa, komandir yo‘lovchilarning joy va oziq ovqat bilan ta’minlanishiga mas’ul bo‘ladi. Teraktdan so‘ng aeroportga qo‘nishga ruxsat berishmagani uchun harbiy aerodromga qo‘nganmiz. Avvaliga ba’zi yo‘lovchilar yo‘nalishning o‘zgarganini tushunmay, vaziyatni noto‘g‘ri baholashgan. Harbiy aerodromda televizor va telefon kabi aloqa vositalari bilan ta’minlanishganidan so‘ng, nega bunday qilishga majbur bo‘lganimizni anglashgan edi.

    — Faoliyatingiz sabab nechta til o‘rganishingizga to‘g‘ri keldi?

    — O‘qish uchun rus tilini, ishlash uchun esa ingliz tilini bilish shart. Chunki biz ekipaj a’zolari bilan o‘zaro ingliz tilida muloqot qilamiz.  Hujjatlar va uchuvchilikka oid adabiyotlar ham faqat ingliz tilida chiqariladi. Ingliz tilidan tashqari turk tilini ham biroz bilaman. Qaysi davlatga borsam, albatta, ularning tilida salom va xayr degan so‘zlarni o‘rganaman.

    — Farzand va nabiralaringiz orasida kasbingizni davom ettirayotganlari bormi?

    — O‘g‘lim maktabni tamomlaganida 4-5 yillarga uchuvchilikka o‘qitish vaqtincha to‘xtatilgandi. Shu bois o‘g‘lim boshqa institutga kirib, u yerni tamomlab, magistraturada o‘qiyotganida uchuvchilikka qabul boshlandi. O‘g‘lim bu sohani tanlashga jiddiy ahd qilgandi. Ammo Rossiyaga borib, yana besh yil o‘qishi kerakligini va ancha yil yo‘qotib qo‘yishini tushuntirdim. Keyin Toshkentdagi Aviatsiya institutiga hujjat topshirib, hozirgi kunda uchuvchi bo‘lmasa-da, aeroportda menejer bo‘lib ishlayapti. Qizlarim ham institutni tamomlab, bort kuzatuvchisi bo‘lib ishlashdi. To‘rt farzandli bo‘lganidan so‘ng turmush o‘rtoqlarining qarori sabab bu sohadan ketishdi. Ammo farzandlarimning bari otasining kasbida ishlab, bu ishning naqadar murakkab ekanligini tushunib yetishdi.Parvoz qilib yurgan paytlarim oilamga va farzandlarimga yetarlicha e’tibor berolmayotganimdan afsuslanardim. Nafaqaga chiqib, bor vaqtimni ularga sarflashni niyat qilgandim. Ikki yil avval nafaqaga chiqdim, hozirgi kunda nabiralarimni maktabga olib borish va olib kelish uchun mas’ulman. Agar nabiralarimdan biri uchuvchi bo‘lishni istasa, qo‘llab-quvvatlayman. Ammo bu ularning tanlovi va intilishiga bog‘liq, — deydi O‘zbekiston Qahramoni Zarif Saidazimov.

    Mavzuga doir:

    • Dahshatli teraktda omon qolgan 101-reys voqeasi ekranga ko‘chdi: Hoshim Arslonov ishtirokidagi so‘nggi film premyerasidan reportaj (foto)
    • Hoshim Arslonov ishtirokidagi so‘nggi “101-reys” filmi rejissori aktyor haqidagi xotiralarini so‘zlab berdi (video)
    • O‘zbekistondagi ilk “film-katastrofa” deb baholanayotgan “101-reys” filmining premyera kuni ma’lum qilindi (foto)
    • “Tashkilotlardan uzoq vaqt ruxsat kutishga to‘g‘ri keldi”. “101-reys” filmining suratga olish ishlari nima uchun to‘xtab qolgan edi

    11.09.2022, 13:45   Izoh (0)   55429
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud aktyori Jeyson Momoa dunyoni plastikdan qutqarish uchun mashhur sochlarini kesib tashladi (video)

    11.09.2022, 11:49

    Instagram: Mitti vaynerga Malibu sovg‘a qilishdi, Durdona Qurbonova “Bravo” kulgi jamoasi a’zosiga aylandi, barchani elektromobillarga o‘tishga chorlagan Jahongir

    10.09.2022, 22:51

    Turk kinosining mashhur juftligi Neslihan Atagul va Kadir Dog‘ulu ishtirokidagi yangi serial namoyish etildi

    10.09.2022, 20:21

    Muvaffaqiyatli karyera, shaxsiy hayotdagi baxtsizlik: Bollivud yulduzi Ritik Roshanning hayot va ijod yo‘li (foto)

    10.09.2022, 15:59

    Jahonga mashhur shaxslar ijtimoiy tarmoqlarni tark etmoqda: buning sababi nima?

    10.09.2022, 11:24

    Instagram: 135 ming dollarlik mashina xarid qilgan Zohirshoh Jo‘rayev, Yulduz Usmonovadan yangi qo‘shiq, Kivanch Tatlitug‘ bilan uchrashgan Madina Mumtoz

    09.09.2022, 22:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.