Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan huquqbuzarlik ashyosi tariqasida olib qo‘yilgan tovarlar sud qarorlari asosida yo‘q qilindi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi, MIB Guliston shahri bo‘limi, viloyat IIB, SEO va JSB hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Dastlab mas’ul xodimlar tomonidan “Sirdaryo Dori-darmon” MCHJ omborida saqlanayotgan va daliliy ashyo sifatida olingan 1188 dona “Tropikamid 1 % 10 ml” va 5712 dona “Regapen 300 ml” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sanoqdan o‘tkazildi.
So‘ngra ishtirokchilar aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha daliliy ashyo sifatida olingan jami 6900 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sudlarning tegishli qarorlariga asosan yoqish yo‘li bilan yo‘q qildi.