Xorazm viloyatining qator tuman-shaharlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Xususan, Hazorasp tumanidagi “Sh.F.” xususiy korxonasiga qarashli dorixonadan 220 dona, Xonqa tumanidagi “X.T” xususiy korxonasiga qarashli dorixonadan 150 dona, Xiva shahridagi “X.F” MCHJga qarashli dorixonadan 140 dona tegishli hujjatlari bo‘lmagan “Benzobarbital” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir: Xorazmda reyd: qator dorixonalardan hujjati bo‘lmagan psixotrop dorilar topildi
Izoh (0)