Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi avgust oyidagi ishbilarmonlik faoliyatini tahlil qildi. Bu haqda Markaz matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Kreditlar
Joriy yilning 1-yanvaridan 31-avgustigacha bo‘lgan davrda banklar tomonidan berilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga o‘sdi.Berilgan kreditlar hajmining o‘sishi Farg‘ona (23,1 foiz), Toshkent (20,2 foiz), Andijon (16 foiz), Samarqand (7,3 foiz) viloyatlarida, Qoraqalpog‘istonda (7,7 foiz) va Toshkent shahrida (16,6 foiz) kuzatilgan.
Sirdaryo (-48,9 foiz), Navoiy (-30,5 foiz), Surxondaryo (-19,3 foiz), Buxoro (-13 foiz), Qashqadaryo (-9,9 foiz), Jizzax (-8,1 foiz) va Namangan (-0,5 foiz) viloyatlarida ajratilgan kreditlar miqdorining kamayganligi kuzatildi.
Bu 2021-yilning mos davrida ushbu viloyatlarda tekstil va boshqa ishlab chiqarish loyihalari uchun katta miqdorda kreditlar ajratilganligi bilan bog‘liq.
Avvalroq O‘zbekistonda aholining banklarga bo‘lgan munosabati qandayligi haqida xabar berilgandi.