O‘zbekistonda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan talabalarga ijara uylarini topishga yordam berish uchun uchun “Ijara.edu.uz” platformasi yaratildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Platformada har bir hudud bo‘yicha ijara uylarining ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan.
Ijara uylarining manzili, narxi, uy egasining telefon raqami kabi ma’lumotlar ushbu saytga joylashtirilgan.
Bundan tashqari vazirlik tomonidan tyutorlar zimmasiga talaba uchun ijara uyini topib berish majburiyati yuklatilgan.
Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasiga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari
Talabalarning 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan, — deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, talabalarga ijara to‘lovlari uchun 2022-yilda 120,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan hamda ushbu ajratilgan mablag‘lar hisobidan joriy yilning yanvar—iyul oylarida 23 585 nafar talabaga 15,6 mlrd so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.