Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi Moskvadan Toshkent va Namanganga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Domodedovo aeroporti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Moskva—Toshkent—Moskva yo‘nalishidagi parvozlar 14-sentabrdan boshlab haftada ikki marta — dushanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
Moskva—Namangan—Moskva yo‘nalishidagi aviqatnovlar esa 17-sentabdan boshlanib, har shanba amalga oshiriladi.
Aviakompaniya tarkibida Sukhoi SuperJet 100-95LR, 8 Airbus А-320, 3 Airbus A-321, 2 CRJ-200LR, 1Challenger 850 va 2 L-410 samolyotlari bor.
Avvalroq Rossiyaning S7 Airlines kompaniyasi oktabrdan boshlab O‘zbekistonga parvozlarni tiklashi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir:
Fly Dubai aviakompaniyasi Namangan va Dubay o‘rtasida aviaqatnovlarni amalga oshiradi
Wizz Air Abu Dhabi’ga Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berildi
Izoh (0)