Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

7-sentabr oqshomida Londonning ICE birjasida Brent markali neft narxi bir barrel uchun 89 dollardan pastladi

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Bu 3-fevraldan beri birinchi marta sodir bo‘ldi. AQSHning WTI markasi 25-yanvardan beri birinchi marta barreliga 85 dollardan pastga tushdi.

Toshkent vaqti bilan 18:35 holatiga ko‘ra Brent 4,21 foizga tushib, bir barrel uchun 88,92 dollargacha arzonladi. 

2022-yil oktabr oyida yetkazib beriladigan WTI neftining fyucherslari 3,97 foizga pasayib, bir barrel uchun 83,43 dollarga tushdi.

Oxirgi marta Brent markali neft narxining sezilarli darajada pasayishi 1-sentabrda qayd etilgan edi. Keyin bir kun ichida u taxminan 4 foiz narxini yo‘qotdi. 

ICE birjasida noyabr fyucherslari narxi 17-avgustdan beri birinchi marta bir barrel uchun 91,95 dollargacha arzonlashdi.

Avgust oyi boshida neft narxi yetkazib berishning qisqarishi mumkinligi fonida ko‘tarildi. Bu OPEK+ ishlab chiqarish hajmining qisqarishi mumkinligi haqidagi xabarlardan keyin sodir bo‘ldi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni oktabrda Osiyo uchun neft narxini pasaytirmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi