Toshkent shahri Uchtepa va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati“ davlat unitar korxonasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 5-sentabr kuni soat 18:00 ga qadar 5-IMdagi magistral issiqlik quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan Uchtepa va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlari issiq suv ta’minotidan vaqtincha uziladi.
“Ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan issiq suv ta’minoti tiklanadi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)