Rossiya Federal xavfsizlik xizmati faylasuf Aleksandr Duginning qizi Darya Duginaning o‘ldirilishiga tayyorgarlik ko‘rishda Ukraina fuqarosi Bogdan Siganenko ham ishtirok etganini da’vo qilmoqda, deb yozadi Meduza.
FXX qayd etishicha, u Duginaga nisbatan qotillikni “tayyorlagan” “Ukraina qo‘poruvchilik-terrorchilik guruhi a’zosi”dir. Maxsus xizmat talqiniga ko‘ra, Siganenko FXX qotillik ijrochisi deb atayotgan Ukraina fuqarosi Natalya Vovkni soxta avtomobil raqamlari va hujjatlar bilan ta’minlagan, shuningdek, “Vovk bilan birgalikda bomba yig‘ishni amalga oshirgan”.
FXX ma’lumotlariga ko‘ra, 30-iyul kuni Siganenko Estoniya orqali tranzit bilan Rossiyaga kelgan va Dugina o‘ldirilishidan bir kun avval Rossiyani tark etgan.
Darya Dugina — faylasuf Aleksandr Duginning qizi — 20-avgust kuni Podmoskovyeda avtomobili portlab ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati uning o‘ldirib ketilishini Ukraina maxsus xizmatlari uyushtirganini, qotillik ijrochisi esa Ukraina fuqarosi Natalya Vovk bo‘lganini ma’lum qildi. U 12 yoshli qizi bilan Rossiyaga kelib, Dugina yashaydigan uyda xonadon ijaraga olgan va uni kuzatgan, uning avtomobili masofadan turib portlatilganidan keyin esa Estoniyaga jo‘nab ketgan. Kiyev Duginaning o‘ldirilishiga aloqadorligini rad etmoqda.
Darya Dugina — otasi, “rus dunyosi” mafkurasi rahnamolaridan biri Aleksandr Duginning izdoshi bo‘lgan. U Rossiyaning hukumatparast OAVlarida sharhchi sifatida chiqish qilgan. Dugina Ukrainaga bostirib kirilganini ma’qullagan va urush chog‘ida Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarga borgan.
Mavzuga doir:
- Darya Duginani o‘ldirishda gumonlanuvchi ayolning Qozog‘iston pasporti bo‘lgan — OAV
- “Biz javobgar emasligimiz aniq”. Vladimir Zelenskiy — Darya Duginaning o‘ldirilishi haqida
- “Ukraina Qurolli kuchlarida xizmat qiluvdi, shekilli”. Darya Duginani o‘ldirganlikda gumonlanuvchining “otasi” bilan intervyu e’lon qilindi
Izoh (0)