O‘zbekistonda 2022-yilning iyul oyida sartaroshxona xizmatlari narxlari iyun oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 1 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, sartaroshxona xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 13,8 foizga o‘sgani kuzatilgan. 2022-yilning iyul oyida o‘tgan oyga nisbatan:
- ayollar uchun sartaroshxona xizmatlari narxlari - o‘rtacha 0,8 foizga oshgan.
- erkaklar uchun sartaroshxona xizmatlari narxlari - o‘rtacha 1,2 foizga oshgan.
Izoh (0)