Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Koson tumanida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Koson tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro L.R. fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, uni 3 000 AQSH dollari evaziga qo‘shni Tojikiston oliy o‘quv yurtining iqtisod yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga ko‘chirib berishni va’da qilib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi