Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaning Qozog‘istondagi elchisi Pyotr Vrublyovskiy qozog‘istonlik bloger Dias Kuzairovga bergan intervyusida aytgan gaplari uchun respublika Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi, deb yozadi “RBK”. U ushbu intervyuda Ukrainaning maqsadi — iloji boricha ko‘proq ruslarni o‘ldirish ekanini aytgandi.

Pyotr Vrublyovskiy (chapda) va Qozog‘iston tashqi ishalr vaziri o‘rinbosari Yermuxambet Konuspayev

Pyotr Vrublyovskiy (chapda) va Qozog‘iston tashqi ishalr vaziri o‘rinbosari Yermuxambet Konuspayev
Foto: “Gov.kz”

“Qozog‘iston tomonidan bunday bayonotlar chet davlat elchisi faoliyatiga muvofiq kelmasligi va nomaqbulligi haqida pozitsiya bildirildi. Bunday xatti-harakatlar davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarga zarar yetkazmasligi kerak”, — deyiladi Qozog‘iston TIV xabarida.

Vrublyovskiyning intervyusidan parcha 22-avgust kuni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning Telegram-kanalida e’lon qilindi. Ushbu videoda Vrublyovskiy Ukraina “iloji boricha ko‘proq ruslarni o‘ldirmoqchiligini” aytgan. Shuningdek, u: “Hozir biz ruslarni qanchalik ko‘p o‘ldirsak, farzandlarimiz o‘ldirishi uchun ular shunchalik kam qoladi”, — degan.

“Bunday gapni faqat terrorchilik rejimi elchisigina aytishi mumkin. Sakkiz yil davomida Kiyev natsistlari jimgina qotillik qilib, hamma narsada Moskvani ayblab kelgandi, endi esa milliy tozalash rejalari haqida baralla aytilmoqda”, — deya izoh berdi Zaxarova.

Qozog‘iston Xalq assambleyasi — respublika prezidenti huzuridagi maslahat-majlis organi elchining bayonotini qoraladi. “Tinchlik va birdamlik davlat siyosati va jamoat hamjihatligining bosh tamoyillari bo‘lgan mamlakatimizda bunday gaplar, kim aytishidan qat’iy nazar, nojoiz va nomaqbuldir”, — deyiladi assambleya xabarida.

Rossiya Tergov qo‘mitasi videoga baho berib, barcha ishtirokchilarning shaxslarini tekshirishini hamda ularning avvalroq rossiyalik harbiy xizmatchilarga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqadorligini tekshirishini ma’lum qildi.

Pyotr Vrublyovskiy — Ukrainaning Qozog‘istondagi Favqulodda va muxtor elchisi.

2020-yilda ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin u Ukrainaning Belarusdagi elchixonasida maslahatchi vakil, Ukraina Vazirlar mahkamasi kotibiyatida protokol boshqarmasi boshlig‘i hamda Ukraina Iqtisodiy rivojlanish vazirligi departamentida Yevroittifoq bilan hamkorlik boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?