Po‘sti bilan pishirilgan kartoshka eng mazali taomlardan biri hisoblanadi. Sababi uning ta’mi chindan ham o‘zgacha. “Noviy ochag” nashri mikroto‘lqinli pechda tayyorlash mumkin bo‘lgan kechki ovqat retsepti bilan bo‘lishdi.
Kerakli mahsulotlar:
- kartoshka — 600 gramm;
- suv — 50 ml;
- o‘simlik yog‘i — 20 ml;
- lavr yaprog‘i — 1 dona;
- tuz va ziravor hamda ko‘katlar.
- Kartoshkalar yaxshilab yuviladi va salfetka yordamida quritiladi.
- So‘ngra barchasi idishga solinib, o‘simlik yog‘i, tuz va ziravorlar sepiladi.
- Ustidan bir piyola suv quyiladi. Pishirish jarayonida suv bug‘lanib, kartoshkalar yumshoq bo‘lib pishadi.
- Idish qopqoq bilan yopiladi va mikroto‘lqinli pechga qo‘yiladi.
- Mikroto‘lqinli pech quvvati maksimal darajada bo‘lib, kartoshkalar 10 daqiqa davomida pishiriladi.
- Tayyor bo‘lgan kartoshkalar ko‘katlar bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.
Izoh (0)