Ushbu taom makkajo‘xori, tovuq filesi, pomidor qaylasi va pishloqning jozibador ta’mini o‘z ichiga oladi. Unga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.
Kerakli masalliqlar:
- baqlajon — 2 dona
- zaytun yog‘i — ta’bga ko‘ra
- pishloq — 100-150 g
- qaynatilgan tovuq filesi — 1 dona
- konservalangan ananas — 100-150 g
- pitsa qaylasi — 5-6 qoshiq
- konservalangan makkajo‘xori — 4 qoshiq
- Har bir baqlajonni uzunligi bo‘yicha uch qismga bo‘ling.
- Idishning ustiga folga qog‘ozini qo‘ying va yog‘lab oling. Baqlajonni bir qator qilib joylashtiring va yana ustidan yog‘ quying.
- Baqlajonni 180 daraja haroratda, 20-25 daqiqa davomida, yumshoq bo‘lgunga qadar pishiring.
- Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing. Tovuq va ananasni mayda bo‘laklarga bo‘ling.
- Har bir sabzavotga qayla soling. Baqlajonning ustiga tovuq filesi, makkajo‘xori va ananasni qo‘ying va oxirida pishloq qo‘shing.
- Baqlajonni yana 10-15 daqiqa davomida pishirib oling.
Mavzuga doir:
- Qovurilgan tovuq filesi va sabzavotlardan tayyorlanadigan mazali taom retsepti.
- Qovurilgan tovuq go‘shti va karamdan tayyorlanadigan xushta’m taom retsepti.
- Pomidor, baqlajon va pishloq qo‘shib tayyorlanadigan makaronli taom retsepti.
- Baqlajon, pomidor va mol go‘shti qo‘shib pishiriladigan xushta’m taom retsepti.
Izoh (0)