Daryo

Baqlajondan pitsaga o‘xshash issiq yegulik tayyorlab ko‘ring

Ta’bingizga qarab unga ko‘katlar ham qo‘shishingiz mumkin

1 daqiqa o‘qish21 586 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Ushbu taom makkajo‘xori, tovuq filesi, pomidor qaylasi va pishloqning jozibador ta’mini o‘z ichiga oladi. Unga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker
Kerakli masalliqlar:
  • baqlajon — 2 dona
  • zaytun yog‘i — ta’bga ko‘ra
  • pishloq — 100-150 g
  • qaynatilgan tovuq filesi — 1 dona
  • konservalangan ananas — 100-150 g
  • pitsa qaylasi — 5-6 qoshiq
  • konservalangan makkajo‘xori — 4 qoshiq 
Tayyorlanishi:
  1. Har bir baqlajonni uzunligi bo‘yicha uch qismga bo‘ling.
  2. Idishning ustiga folga qog‘ozini qo‘ying va yog‘lab oling. Baqlajonni bir qator qilib joylashtiring va yana ustidan yog‘ quying.
  3. Baqlajonni 180 daraja haroratda, 20-25 daqiqa davomida, yumshoq bo‘lgunga qadar pishiring.
  4. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing. Tovuq va ananasni mayda bo‘laklarga bo‘ling.
  5. Har bir sabzavotga qayla soling. Baqlajonning ustiga tovuq filesi, makkajo‘xori va ananasni qo‘ying va oxirida pishloq qo‘shing.
  6. Baqlajonni yana 10-15 daqiqa davomida pishirib oling.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar