Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Navoiyda ish soat 07:30 dan boshlanadimi Mehnat inspeksiyadagilar?” sarlavhasi ostida tarqalgan axborot yuzasidan Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi izoh berdi.
22-avgust kuni boshqarmada soat 07:30 ish soati boshlanmagani hamda Ekologiya boshqarmasida hafta davomida amalga oshirilgan va rejalashtiriladigan ishlar to‘g‘risida masalalarni muhokama qilish yuzasidagi Apparat yig‘ilishi soat 11:30 o‘tkazilganini ma’lum qiladi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining shaxsi qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan axborotni tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida tegishli javobgarlik normalari belgilanganligini eslatib o‘tamiz, deyiladi xabarda.
Izoh (0)