O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—iyul oylarida 162 518 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 45 146 taga oshgan.
2022-yilning yanvar—iyul oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi quyidagicha bo‘lgan:
- avtomobil benzini – 662,6 ming tonna;
- ko‘mir — 2,9 million tonna;
- neft — 452,3 ming tonna;
- gaz kondensati — 757,9 ming tonna;
- yengil avtomobillar — 162 518 dona;
- avtobus — 561 dona;
- yuk avtomobillari — 2 510 dona;
- avtomobil dvigatellari — 125,7 ming dona.
Izoh (0)