Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“PSJ” Fransiya chempionatining 3-turida “Lill” ustidan 7:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kilian Mbappe uchrashuvning 8-soniyasidayoq hisobni ochdi. Messining uzatmasidan keyin Kilian to‘pni raqib posbonining ustidan oshirib, darvozaga joylab qo‘ydi.

Ushbu gol Liga 1 tarixidagi eng tezkor golga aylandi. Qayd etish kerak, mazkur statistika 2006/07-yilgi mavsumdan buyon hisoblab kelinadi.

Kilian o‘yin so‘ngiga qadar yana 2 ta gol urdi. Fransiyalik hujumchi 2022-yilda to‘rtinchi bor het-trik qayd etdi. Avvalroq “Vann” (3-yanvar), “Klermon” (9-aprel) va “Mets”ga (21-may) qarshi o‘yinlarda Mbappe uch bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Qatarlik investorlar “Manchester Yunayted”ni sotib olishga jiddiy kirishgan. Bu ularga 8 mlrd funtdan ko‘proqqa tushishi mumkin
Dunyo
Kim Chen In qizi va rafiqasi bilan armiya komandirlarining qarorgohiga tashrif buyurdi (foto)
Mahalliy
BMT Termizdan Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi