Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 3-turi doirasidagi qator uchrashuvlar 21-avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“PSJ” safarda “Lill”ga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuvda Kilian Mbappe het-trik qayd etgan bo‘lsa, Neymar dublga erishdi. Lionel Messi va Ashraf Hakimi ham o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Bunga mezbonlar bitta gol bilan javob qaytardi. Qayd etish kerak, parijliklar safida Neymar ikkita goldan tashqari sheriklarining uchta goliga assist bo‘ldi, Messi va Hakimi ham bitta golga hammuallif bo‘ldi.

Liga 1

3-tur bahslari

21-avgust, yakshanba

“Lill” – “PSJ” 1:7

Gollar: 0:1 – 1 Mbappe, 0:2 – 27 Messi, 0:3 – 39 Hakimi, 0:4 – 43 Neymar, 0:5 – 52 Neymar, 1:5 – 54 Bamba, 1:6 – 66 Mbappe, 1:7 – 87 Mbappe.

“Lill”: Leo Jardim, Diakite, Fonte, Alessandro (Tiagu Jalo, 71), Ismaili, Gudmundsson (Virjinius, 59), Andre (Marten, 59), Yaziji (Jegrova, 58), Gomes, Bamba, Devid.

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi (Mukiyele, 81), Ramos (Danilu Pereyra, 81), Markinos, Kimpembe, Mendesh (Bernat, 63), Verratti (Sanshesh, 63), Vitinya (Paredes, 84), Messi, Neymar, Mbappe.

Ogohlantirishlar: Ramos (34), Andre (39), Devid (83).

“Strasbur” – “Reyms” 1:1

Gollar: 1:0 – 45 Jiku, 1:1 – 81 Balogun.

“Anjer” – “Brest” 1:3

Gollar: 0:1 – 10 Le Duaron, 0:2 – 38 Le Duaron, 0:3 – 65 Dari, 1:3 – 70 Bufal.

“Tuluza” – “Loryan” 2:2

Gollar: 0:1 – 2 Loryante, 1:1 – 31 Rafael Ratao, 2:1 – 64 Dallinga, 2:2 – 80, penalti Kone.

“Monpelye” – “Oser” 1:2

Gollar: 1:0 – 39 Sako, 1:1 – 70 Da Koshta, 1:2 – 75, penalti Otre.

“Klermon” – “Nitssa” 1:0

Gol: 1:0 – 6 Kaui.

“Renn” – “Ayachcho” 2:1

Gollar: 1:0 – 18 Tere, 1:1 – 57 al-Idrissi, 2:1 – 62 Teate.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Qatarlik investorlar “Manchester Yunayted”ni sotib olishga jiddiy kirishgan. Bu ularga 8 mlrd funtdan ko‘proqqa tushishi mumkin
Dunyo
Kim Chen In qizi va rafiqasi bilan armiya komandirlarining qarorgohiga tashrif buyurdi (foto)
Mahalliy
BMT Termizdan Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi