Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etmaydi.
37 yoshli hujumchi joriy mavsumni mankunianliklar safida o‘tkazishga qaror qildi.
Pedro Almeydaning xabariga ko‘ra, “Real” futbolchisi Kazemironing “Manchester Yunayted”ga kelishi portugaliyalikning qaroriga keskin ta’sir o‘tkazgan. Ronaldu Kazemiro bilan “Real”da birga to‘p surgan.
“Qizil iblislar” APLning dastlabki 2 turida ham mag‘lub bo‘ldi. Krishtianu ikkala o‘yinda ham maydonga tushdi va golli vaziyat sodir etmadi.
Avvalroq “Manchester Yunayted” Ronalduning ishga bo‘lgan munosabatidan norozi ekani va uni qo‘yib yuborish haqida o‘ylayotgani haqida xabar qilingandi. Portugaliyalikning o‘zi esa Instagram’da transferlarga oid mish-mishlar borasida: “Yuzta xabardan 5 tasi haqiqatga yaqin”, — deya fikr bildirdi.
Izoh (0)