AOKAda o‘tkazilgan brifingda IT Park matbuot kotibi Jamila Xalibayeva IT-eksportining 2022-yil 1-yarim yilligi sarhisobi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Tashqi bozorlarda xizmat ko‘rsatuvchi IT Park rezidentlari soni 203 tani tashkil etdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish — 271 foiz.
Eksporting 88 foizi AQSH, qolgani esa Buyuk Britaniya, Germaniya, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) va Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) to‘g‘ri keladi.
2022-yilning oxiriga qadar eksport hajmini 100 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Bajarilgan xizmatlarning umumiy hajmi – 2,3 trillion so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mazkur ko‘rsatkich 235 foizga oshdi.
Izoh (0)