Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya elchixonasi AQSHning xatti-harakatlari yadroviy xavflarni oshirishga yordam berishini iddao qildi. Diplomatik missiya Vashingtonni Ukrainadagi mojaroga jalb qilish — “ikki yadroviy davlat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga” olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi. Elchixona ma’muriyatning “Rossiyaning xatti-harakatlari go‘yoki mas’uliyatli yadroviy davlat maqomiga to‘g‘ri kelmaydi” degan keng qamrovli ritorikasiga shunday munosabat bildirgan. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”
Bugungi kunda Qo‘shma Shtatlar boshqa davlatlarning xafvsizligi va manfaatlarini hisobga olmasdan harakat qilishda davom etmoqda, bu esa yadroviy xavfning kuchayishiga hissa qo‘shadi. Amerikaning Ukraina inqirozi kontekstida Rossiya bilan gibrid qarama-qarshilikdan keyingi ishtiroki yo‘lidagi qadamlari, oldindan aytib bo‘lmaydigan keskinlashuv va yadroviy kuchlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvi bilan to‘la”, — deya izoh berilgan elchixona Telegram’ida.
Diplomatik missiya Rossiya yadroviy davlat sifatida o‘z majburiyatlarini bajarayotgani va yadroviy xavflarni kamaytirishga harakat qilayotganini qayd etadi.

Elchixona 1945-yilda Xirosima va Nagasakini bombardimon qilgan Qo‘shma Shtatlarning ayblovlarini “eshitish g‘alati” deb hisoblaydi. Bundan tashqari, elchixona Vashingtonni “qurollarni nazorat qilish va tarqatmaslikning o‘n yilliklar tizimi”ni yo‘q qilishda ayblaydi.

Biz Vashingtonga dunyo tartibi haqidagi qarashlari Qo‘shma Shtatlarniki bilan to‘g‘ri kelmaydigan davlatlarni asossiz ayblash o‘rniga, o‘zining yadro siyosatiga diqqat bilan qarashini taklif qilamiz”, — deyiladi elchixona bayonotida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...