Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya harbiy qo‘mondonligi o‘zlari bosib olgan Xerson shahrida Dnepr daryosining o‘ng qirg‘og‘idan chap qirg‘og‘idan siljimoqda, shu tariqa, ular shaharni tark etmoqda. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari Quruqlik qo‘shinlarining “Janub” tezkor qo‘mondonligi vakili Natalya Gumenyuk Media Centre Ukraine’da bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Shunday faktlar qayd etildiki, istilochi qo‘shinlar qo‘mondonlik punktlariga zarbalarimiz berilganidan keyin, ularning jamoa tarkibi xavfsizroq hududga o‘tish usullaridan kesilib qolmaslik uchun juda katta tezlikda ‘ko‘prik orti’ yo‘nalishida, ya’ni chap qirg‘oqqa siljimoqda”, — dedi Gumenyuk.

Avvalroq Rossiya qo‘shinlari Xersondan ketishi haqida ukrainalik mansabdorlar ma’lum qilgandi. 13-avgust kuni Nikolayev viloyati rahbari Vitaliy Kim Rossiyaning Xersondagi guruhining “butun tarkibi Dnepr ortiga ko‘chayotgani” haqida yozgandi. 15-avgust kuni Xerson viloyati kengashi rahbarining birinchi o‘rinbosari Yuriy Sobolevskiy Rossiya harbiy qo‘mondonligi “haqiqatan ham Xersonni tark etgani”ni aytgandi. “Ularning ko‘pchiligi allaqachon Xersondan jo‘nab ketdi, bu haqda ham ma’lumotlar bor”, — dedi Sobolevskiy.

Xerson viloyatida Dneprdan o‘tuvchi jami uchta ko‘prik bor, bular Xerson tashqarisidagi Antonov ko‘prigi, undan 6 km masofada joylashgan temir yo‘l ko‘prigi va yana 50 km naridagi Kaxov suv ombori dambasi.

So‘nggi haftalarda Ukraina qurolli kuchlari bir necha marta Amerikaning HIMARS qurilmalari orqali Antonov ko‘prigini o‘qqa tutdi, maqsad uni Rossiya qo‘shinlarini joylashtirish uchun yaroqsiz holatga keltirish edi. 14-avgust kuni Natalya Gumenyuk Ukraina armiyasi ko‘prikka yana bir marta zarba berib, uni tamoman o‘tib bo‘lmas holatga keltirgan.

Iyul oxirida Ukraina kuchlari Antonov ko‘prigi yaqinidagi temir yo‘l ko‘prigini harakatlanish uchun yaroqsiz holatga keltirganini ma’lum qilgandi. 13-avgust kuni esa Kaxov suv ombori dambasi ustidan o‘tgan ko‘prik ishdan chiqarilgan.

Britaniya harbiy razvedkasi 13-avgust kuni e’lon qilgan ma’lumotida Xerson viloyatida Dneprning g‘arbiy qirg‘og‘idagi “bir necha ming” Rossiya qo‘shinlarining quruqlik orqali ta’minlanishi “deyarli shubhasiz” faqat ponton (vaqtinchalik ko‘priklarni suvda ko‘tarib turish uchun xizmat qiladigan qayiq) paromlarga bog‘liq ekanini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)